Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:26

Kamroq kaloriya iste’mol qilish qarishni sekinlashtiradi


Kaloriyalar iste’molini cheklash natijalarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan ilk taqdiqotlardan biri shuni ko‘rsatdiki, ikki yil davomida kaloriya iste’mol qilishni 15 foizga ozaytirish qarish va metabolizmni sekinlatib, keksalik bilan bog‘liq kasalliklarga chalinish xavfini ozaytiradi.

Cell Metabolism jurnalida chop etilgan ilmiy maqola mualliflari kaloriya ite’molini cheklash oksidativ stressni ozaytirini aniqlagan.

Bunday stress bilan Alsgeymer kasalligi, Parkinson kasalligi, saraton, diabet hamda boshqa xastaliklar o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlagan.

Maqola mualliflaridan biri, Pennington biotibbiy tadqiqotlar markazi ad’yunkt-professori Lienn Redman:

- Kaloriyalarni cheklash bazaviy metaqbolizmni sekanlashtirishi mumkin. Metabolizm qo‘shimcha mahsulotlari qarishni tezlashtiradi, yillar davomida kaloriya iste’molini qilishni cheklash esa surunkali kasalliklar oldini olib, umrni uzaytirishi mumkin, - dedi.

Kaloriya iste’molini cheklash sog‘lom vaznga ega shaxslarga qanday ta’sir qilishi bundan avval yaqindan o‘rganilmagan edi.

Tadqiqotning ikkinchi fazasi natijalari 2 yilda kaloriya iste’molini 15 foizga ozaytirgan 53 nafar semiz bo‘lmagan odam orasida o‘tkalizgan sinovlarga tayanadi.

Kaloriya miqdoridagi o‘zgarishlar individual tarzda hisoblangan. Kaloriya iste’mol qilishni ozaytirganlar o‘rtacha 9 kg vazn yo‘qotgan. Ularda anemiya, suyak mo‘rtlashishi yoki menstrual siklning buzilishi kabi salbiy o‘zgarishlar kuzatilmagan.

- Sog‘lom odamlar ham kaloriya iste’molini cheklash rejimidan foyda ko‘rishini aniqlandi, - dedi Redman.

Redman antioksidant mexanizmlari hamda dieta va biologik unsurlar metabolizmga ta’sir qilishini, ammo hozirgi nazariyalar asta metabolizm sog‘lom qarish uchun foydali ekanligi, energiyani eng samarali tarzda sarflaydigan organizmlar uzoq yashashiga tayanishini aytdi.

Tadqiqotda qatnashganlar soni unchalik yuqori emas, uning davomiyligi ham inson umriga solishtirganda qisqadir. Shunday bo‘lsa-da, tadiqot natijalari unda qatnashganlarning qarish biomarkerlari yaxshilanganini ko‘rsatdi.

XS
SM
MD
LG