Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:45

Qurultoy: Elga yarashmaydigan hashar


Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan o‘qituvchi, shifokor va talabalarni obodonlashtirish va yig‘im-terim ishlariga majburiy jalb qilinishiga qarshi qaratilgan videoselektor yig‘ilishida ikki vazir va hokimlar intizomiy jazoga tortildi. O‘zbekiston tarixida ilk bor majburiy mehnat prezident va Bosh vazir tarafidan qoralandi. “Hashar - elga yarashar” degan matal ostiga berkingan qullikni oqlovchilarga ilk bora rasman dakki berildi. Shunday qilib O‘zbekistonda majburiy mehnatga butkul barham berildimi? Bu savol javobini Ozodliknimg Qurultoy eshittirishida qidirdik.

Qurultoy eshittirishida qatnashgan taniqli jurnalist¸ "Bekajon" gazetasining sobiq muharriri¸ hozirda Xabar.uz sayti muxbiri Karimberdi To‘ramurod majburiy mehnatning har qanday ko‘rnishini taqiqlash tarafdori ekanligini ta’kidladi:

- Agar o‘qituvchi o‘z qalb amri bilan hasharga chiqsa. uni jazolash kerak - deydi jurnalist.

Қурултой эшиттириши: "Ҳашар элга ярашмас"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:36:50 0:00
Бевосита линк

Karimberdi To‘ramurod 14 mart kuni fojiali tarzda o‘lgan kattaqo‘rg‘onlik o‘qituvchi Diana Yenikeeva o‘limi bo‘yicha jurnalistik surishtiruv o‘tkazganidan so‘ng¸ turli tahdid va tazyiqlar nishoniga aylangan edi.

Kattaqo‘rg‘ondagi 42-maktab o‘qituvchilari 14 mart kuni hokimlik buyrug‘i bilan prezident Shavkat Mirziyoev o‘tishi kutilgan katta magistral yo‘lni oqlab-tozalashga olib chiqilgan mahal¸ Dianani Kamaz mashinasi urib ketgan va 23 yashar ayol o‘sha kuniyoq jon bergan edi.

Aynan shu voqea haqida O‘zbekiston prezidenti gapirganidan keyin maorif va tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb etmaslik masalasi Bosh vazir nazoratiga olindi.

Eshittirishda qatnashgan shifokorlar Bahodir Salimov va Otabek Ahliddinov byudjet xodimlari va talabalar majburiy mehnatiga chek qo‘yish tashabbusi bilan chiqqan Shavkat Mirziyoevga minnatdorchilik bildirishdi va eskicha fikrlash qobig‘idan chiqmayotgan o‘rta bo‘g‘in amaldorlarini tanqid qilishdi.

Keyingi 10 yil ichida O‘zbekistondagi majburiy mehnatni monitoring qilib kelayotgan xalqaro tashkilot Germaniya-O‘zbekiston inson huquqlari forumi rahbari Umida Niyozova Bosh vazir o‘tkazgan videselektor¸ xalqaro tashkilotlarga ko‘z-ko‘z uchun tashkil qilingan sahna tomoshasi emasmikan¸ degan andishani ifoda qildi:

- Men biz sahnalashtirilgan teatrni ko‘rayapmiz, degan tuyg‘udan hech kecha olmayman. Chunki, agar bu barcha fosh qilishlar jiddiy qabul qilinadigan bo‘lsa, u holda, Aripov bilan Mirziyoev yaqinda qaerdandir, osmondanmi tushgan bo‘ladi. Biz hammamiz bunday emasligini bilamiz. Mirziyoev ham Aripov ham mamlakatda ko‘p yillar raxbarlik qilgan odamlar. O‘qituvchilar va shifokorlarni o‘zlariga xos bo‘lmagan ishlarga, kamida so‘nggi o‘n yildan buyon majburlashadi. Bu tendensiya yildan-yilga kuchaydi. Mamlakatning barcha rahbarlari, jumladan, hokimlar, vazirlar, maktab va shifoxona rahbarlari majburiy mehnatga jalb etishdi. Ular ko‘rinib turgan narsalarni inkor etishdi va tekin, majburiy mehnatni - "hashar" deb atashdi. Mirziyoevning o‘zi ham, hokim bo‘lgan paytlarida odamlarni tekin ishlashga majburlagan. Chiqishlaridan birida bunga u iqror ham bo‘lgan. Biroq, kecha aftidan bu muammoni tan olishga siyosiy qaror berildi. Bu yaxshi. Biroq biz, tag‘in nima bo‘lishini kuzatamiz. Amalda o‘zgarishlar yuz beradimi, odamlarni o‘z kasb vazifasi bo‘lmagan ishlarga majburlash to‘xtatiladimi? Vaziyat o‘zgarsagina, bu quruq gap emas, balki majburiy mehnatni tugatish bo‘yicha siyosiy qaror ekaniga ishonishimiz mumkin¸ - dedi Germaniya-O‘zbekiston inson huquqlari forumi rahbari Umida Niyozova.

XS
SM
MD
LG