Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:19

OzodDayjest: O‘zbekistonlik talaba chiqindidan elektr energiyasi olish qurilmasini yaratdi


Chiqindi uyumi (illyustrativ surat).
Chiqindi uyumi (illyustrativ surat).

Buxoroda bog‘cha mudirasi pora bilan ushlandi. Jizzaxlik ayol nikohsiz tug‘ilgan chaqalog‘ini 5000 dollarga sotishga urindi. O‘zbekistonlik talaba chiqindidan elektr energiyasi olish qurilmasini yaratdi.

_____________________________________________________________

Nikohsiz tug‘ilgan chaqalog‘ini 5000 dollarga sotishga uringan ayol 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida nikohsiz tug‘ilgan chaqalog‘ini sotishga uringan ayol ustidan mahkama jarayoni bo‘lib o‘tdi (“Darakchi”, 19 aprel). Sudlanuvchi 27 yoshli Gulbahor Saylieva 4 oylik qizi E’zozani Toshkentdagi “Gap” kafesida G.Meliqulovaga 5000 dollarga sotayotganida qo‘lga olingan. Tergovda ma’lum bo‘lishicha, G.Saylieva 1991 yili Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan. 2012 yili Toshkentga kelib ish topolmagach, “Shuhrat” chorrahasida fohishalik bilan shug‘ullangan. Bu orada homilador bo‘lib qolib, qiz ko‘rgan. Sud jarayonida G.Saylieva oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgani sabab chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lganini aytgan. Sudya Akmal Ergashevga ko‘ra, sudlanuvchi G.Saylievaga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan va amnistiya aktiga ko‘ra jazo qisman kamaytirilgan. Jazo umumiy tartibdagi koloniyada o‘talishi belgilangan.

O‘zbekistonlik talaba chiqindidan elektr energiyasi olishni taklif qilmoqda

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabasi Dmitriy Kim chiqindidan elektr energiyasi olish qurilmasini yaratdi (“XXI asr”, 19 aprel). Qurilmaning ishlash tartibi quyidagicha: chiqindi yonishidan hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi va tutun tashqariga chiqmay, yana quvurdan yonish qismiga qaytadi. Natijada zararli gazlar atmosferaga chiqmay, aksincha, issiqlikning oshishiga sabab bo‘ladi. Pechga o‘rnatilgan generator issiqlik quvvatidan ishga tushadi va uni elektr energiyasiga aylantirib beradi. Muallifga ko‘ra, loyihani amalga tatbiq etish uchun 200 million so‘m sarmoya kerak bo‘ladi. Qurilma qancha katta bo‘lsa, energiya ishlab chiqarish hajmi shuncha ko‘p bo‘ladi. Qayd etilishicha, O‘zbekistondagi 12 ming gektar maydonni egallagan poligonlarda 2 milliard tonnaga yaqin chiqindi saqlanmoqda.

Buxoroda bog‘cha mudirasi 600 ming pora bilan ushlandi

Buxoro shahridagi 81-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Shoira Ataeva pora bilan ushlandi. Bu haqda Buxoro IIB matbuot nashlariga ma’lum qildi. Mudira ikki qizini bog‘chaga bermoqchi bo‘lgan ota-onadan 600 ming so‘m pora talab qilgan. Ota-ona esa bu haqda huquq organlariga murojaat etgan. Mudira Sh.Ataeva viloyat IIB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan pora olayotganda ushlangan. Jinoiy ishga oid boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan.

XS
SM
MD
LG