Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:34

Amerikada tutqanoqni davolash uchun nashadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin


Marixuana o‘simligi
Marixuana o‘simligi

AQSh Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (Food and Drug Administration, FDA) ekspert guruhi tutqanoqning oz uchraydigan turlarini davolash uchun nashadan olingan doridan foydalanishga ruxsat berishni tavsiya qildi.

Agar tashkilot guruh tavsiyasiga amal qilsa, Epidiolex dorisi federal idora ma’qullagan nasha o‘simligidan tayyorlanadigan ilk dori bo‘ladi.

Epidiolex preparati kannabidiol kimyoviy birikmasidan tayyorlanadi. Bu birikma nasha o‘simligida majvud bo‘lgan 100 dan oshiq birikmaning biridir.

Dori Drave sindromi, Lennoks-Gasto sindromi, epiloyya hamda bolalar tutqanog‘i kabi erta boshlanadigan kuchli epilepsiyasi sindromlariga qarshi vosita o‘laroq ishlab chiqilgan. Bu xastaliklar odatda yosh bolalarda uchraydi va kuchli spazmalarga sabab bo‘ladi.

Scientific American jurnalida yozilishicha, 1 millionga yaqin odam boshqarib bo‘lmaydigan tutqanoqdan aziyat chekadi. Ammo hozirda bu simptomlarni boshqarish uchun dori yo‘q.

Epidiolex dorisi tahliliga bag‘ishlangan yig‘inda 16 yoshli kaliforniyalik Sam Fogelshteyn:

- 10 yil davomida tutqanoq bilan yashadim. ... Bir kunda 100 marta epilepsiya tutib qolgan kunlar ham bo‘lgan, - dedi.

Fogelshteyn ikki yil avval Epidiolex preparatini icha boshlaganini, shu kungacha biror marta tutqanog‘i tutmaganini aytar ekan, dori uning hayotini o‘zgartirganini qo‘shimcha qildi.

Hozirgi kunda AQShning bir necha shtatida ayrim kasalliklarni davolashda nasha qo‘llanish mumkin. Ammo Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi o‘simlikdan tibbiy maqsadlarda foydalanishga hech qachon ruxsat bermagan. Agar tashkilot ekspertlar guruhi tavsiyasiga amal qilsa, AQSh tarixida ilk marotaba nashadan tayyorlangan doriga federal miqyosda ruxsat berilgan bo‘ladi.

Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi Epidiolex preparatini ma’qullaydigan bo‘lsa, undan faqat tutqanog‘i bor bemorlarni davolashda foydalanish mumkin bo‘ladi. Ammo shifoxonalarga doridan boshqa tibbiy maqsadlarda foydalanishga ham ruxsat berilishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG