Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2021, Тошкент вақти: 02:31

Harbiy sudda buxorolik mxxchilar ustidan sud bormoqda


23 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida 11 nafar shaxs ustidan sudning yopiq majlislari boshlandi.

08/26616-18-sonli mazkur jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining tergov guruhi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoevning ko‘rsatmasi asosida ochilgan va tergov harakatlari guruh tomonidan olib borilgan.

Bu haqda Ozodlikka jarayonda bevosita qatnashayotgan jinoyat ishi jabrlanuvchilari xabar qildi.

Harbiy prokuratura tomonidan Ibodovlar oilasiga yuborilgan bildirishnoma.
Harbiy prokuratura tomonidan Ibodovlar oilasiga yuborilgan bildirishnoma.

Sudning qora kursisida Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati) Buxoro viloyati boshqarmasi sobiq boshlig‘i, polkovnik Rustam Azimov, boshliqning ichki xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Azim Yunusov, tezkor vakillar In’om Ma’rupov hamda Bahodir Hoshimovlar o‘tiribdi.

Shuningdek, jinoiy guruh a’zolari qatorida Respublika Bosh prokuraturasi qoshidagi soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash Departamentining Buxoro viloyati bo‘limi boshlig‘i Ravshan Rajabov, Buxoro viloyati prokuraturasi tergovchisi Rasul Yuldashev, Buxoro viloyati IIB terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Umid Bobomurodovlar ham bor.

Jinoyat ishida Buxorodagi Qorovulbozor qamoqxonasi “loxmach”lari sifatida tasniflangan Rustam Jumaev, Umid Inog‘omov, Jamshid Safarov hamda Aleksandr Ivanovlar ham jinoyatchilari qatorida so‘roqqa tortilgan.

Jinoiy guruh vakillari O‘zbekiston Respublikasi JKning 301-moddasi (Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi ) va 235-moddasi (Qiynoq) bilan javobgarlikka tortilgan.

Mazkur jinoiy guruhning prezident Shavkat Mirziyoev nutqidan so‘ng birma-bir hibsga olingani aytilmoqda.

-Buxorodan menda juda ko‘p manba bor. Tadbirkorlarni aybsiz qamagani, qanday qiynagani, rasmlari ham bor menda. O‘sha ishni qilgan tergovchilarning hammasining familiyasi bor. Xudo xohlasa, sog‘-salomat yursak, vaqt keladi, televizorda ko‘rasizlar. Ularni ham xuddi shu kuyga soldiraman. Nima uchun, adolat bo‘lishi kerak. Yigirma yil bo‘lsa, yigirma yil qamaladi, — degan edi prezident joriy yilning 16 fevral kuni Peshko‘ tumani faollari bilan uchrashuvda.

Jinoyat ishining jamoatchilikka ma’lum qismi buxorolik tadbirkor aka-uka Rahim va Ilhom Ibodovlar ishi bo‘lib, bu haqda Ozodlik turkum materiallar bergan.​

XS
SM
MD
LG