Линклар

Шошилинч хабар
24 январ 2021, Тошкент вақти: 02:24

Sobiq hokimning o‘g‘li: Otam qamalib, oilamiz xarob bo‘ldi


Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumaniga sakkiz yil hokimlik qilgan, 2015 yilda korrupsiyada ayblanib 12 yilga qamalgan Bahodir Ziyaevning 31 yoshli o‘g‘li Umid Ozodlik bilan suhbatda otasi qamalganidan keyin oilasi xarob bo‘lgani, o‘zi va qarindoshlari davlat ishidan ayrilganini aytdi.

G‘ijduvon tumaniga 2008-2015 yillarda hokim bo‘lgan Bahodir Ziyaev uch yil avval hizmat lavozimini suiste’mol qilganlik, buxorolik tadbirkordan 37 ming AQSh dollari miqdorida pora olganlikda ayblanib, 12 yilga ozodlikdan maxrum qilingan edi.

Umid Ziyoev Ozodlik bilan suhbatda 57 yoshli otasi nohaq qamalgani, milliy xavfsizlik xodimlari unga qiynoq qo‘llab, aybni bo‘yniga olishga majburlashgani, prezident Shavkat Mirziyoevdan uni ozod etishni so‘rashini aytdi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:05 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG