Линклар

Шошилинч хабар
21 январ 2021, Тошкент вақти: 11:14

Armaniston hukmron partiyasi Pashinyanning Bosh vazir bo‘la olmasligini bildirdi (LIVE VIDEO)


Muxolifatchi deputat Nikol Pashinyan 1 may kungi parlament majlisida nomzodi Bosh vazirlikka taqdim etilgan yagona siyosatchidir.

1 may kuni Armaniston parlamenti mamlakat yangi Bosh vazirini saylashga to‘plandi.

Bu lavozimga yagona nomzod Armanistonda tub islohotlar qilish talabi bilan o‘tkazilayotgan ko‘p ming kishilik norozilik namoyishlari tashkilotchisi Nikol Pashinyandir.

Parlament yalpi majlisi arafasida o‘z fraksiyasi alohida majlisini o‘tkazgan hukmron Respublikachilar partiyasi¸ Pashinyan nomzodi bo‘yicha qanday ovoz berish bo‘yicha o‘z qarorini chiqarganini bildirdi.

Hukmron partiyaning parlamentdagi fraksiyasi rahbari Vahram Bagdasaryan 1 may kunning ikkinchi yarmida respublikachilarning "qanday ovoz berishi haqida yagona qarorga kelingani" va bu qarorning kechroq parlament qolgan a’zolari oldida e’lon qilinishini bildirdi.

Bu bayonot arafasida parlament vitse-spikeri¸ Respublikachilar partiyasi matbuot kotibi Eduard Sharmazanov "Pashinyanning Bosh vazir bo‘la olmasligiga ishonchi komil" ekanini bildirdi.

105 o‘rinlik Armaniston parlamentidagi 58 nafar deputat hukmron Respublikachilar partiyasi a’zolaridir. Pashinyanni parlamentdagi qolgan fraksiyalar qo‘llashini bildirsa-da¸ uning Bosh vazir etib saylanish uchun lozim 53 ovozni¸ respublikachi deputatlar qo‘llovisiz olishi ehtimoldan yiroqligicha qolmoqda.

Ozodlik radiosi arman xizmatining bildirishicha¸ 1 may kuni soat 12 da boshlangan bugungi parlament yig‘inida 102 deputat ishtirok etmoqda.

42 yashar Pashinyanning minglab tarafdori hukmron partiyaning bugungi ovoz berishda "g‘irromlik qilish" ehtimoli bois parlament binosi oldida to‘plandi.

Parlament majlisi boshlanishi oldidan o‘z tarafdorlari oldida gapirgan Pashinyan:

- Agar Respublikachilar partiyasi ovoz berish jarayonida firibgarlik qilmoqchi bo‘lsa¸ siyosiy tsunami boshlanadi. Hamma narsa sizning qaroringizga bog‘liq! Xalqim¸ ular siz qozongan g‘alabani o‘g‘irlamoqchi bo‘layapti. Ko‘chalarga chiqing! -deya xitob qildi.

Armaniston parlamenidagi hukmron partiyadan boshqa fraksiya deputatlari Pashinyan nomzodini qo‘llashini bildirgan.

Muxolifatchi deputat Pashinyan uyushtirgan ko‘p ming kishilik norozilik mitinglari oqibatida Armanistonni 10 yildan ko‘proq davomida prezident sifatida boshqarib kelgan Serj Sargsyaan 23 aprel kuni bosh vazirlikdan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.

Armaniston 2015 yili o‘tkazilgan konstitutsiyaviy islohot ortidan parlament respublikasiga aylanmoqda. Bu o‘zgarishga ko‘ra¸ bosh vazir vakolatlari ko‘payib, prezident vakolatlari esa ozayadi.

2014 yilda Sargsyan Armaniston prezident boshqaruvi o‘rniga parlament boshqaruviga o‘tsa, bosh vazir bo‘lish uchun kurashmaslikni va’da qilgan edi. Ammo 17 aprelda parlament uni bosh vazir lavozimiga sayladi. Natijada mamlakatda yirik namoyishlar boshlanib, Serj Sargsyan bosh vazir lavozimidan ketdi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG