Линклар

Шошилинч хабар
28 январ 2021, Тошкент вақти: 17:00

Kaliforniya AQShda birinchi bo‘lib yangi uylarga quyosh panellari o‘rnatish talabini kiritdi


Kaliforniya zararli gazlarning havoga chiqishini kamaytirish maqsadida yangi quriladigan uylari tomiga quyosh panellari o‘rnatilishini talab qilib qo‘yayotgan ilk Amerika shtati bo‘ldi.

Shtat Energiya komissiyasi vakilining aytishicha, uning barcha a’zolari bir ovozdan ma’qullagan bu talab 2020 yil 1 yanvaridan qonuniy kuchga kiradi.

− Bugun juda muhim narsa uchun ovoz berdik. Biz birinchi bo‘ldik, ammo oxirgi bo‘lmaymiz, − dedi komissiya a’zosi Devid Hochshild yangi hujjat qabul qilingandan keyin.

Mazkur rejaga ko‘ra, bunday uylarni oluvchilarning ipoteka krediti oyiga 40 dollarga oshadi¸ ammo uyni isitish, sovitish va yoritish xarajatlaridan oyiga 80 dollar tejaladi.

Komissiya a’zolari yaqin kelajakda boshqa shtatlarning ham Kaliforniya izidan borishiga umid bildirdi.

− Ushbu standartlar asosida qurilgan binolar har qachongidan ko‘ra tejamkor bo‘ladi¸ ayni paytda¸ ishonchli yonilg‘i tizimiga erishadi. Kaliforniyaliklar sotib olayotgan va yashayotgan binolar o‘z toza elektr quvvatini ishlab chiqarish orqali egalariga foyda keltiradi¸ dedi komissiya a’zosi Endryu MakAllister tarqatgan bayonotida.

Rejaga asosan, quyosh nuri tushmaydigan uylar tomiga quyosh panellari o‘rnatish majburiyatidan ozod etiladi.

Tanqidchilar yangi uylarga qo‘llanadigan texnologiyalar ular narxini 10 000 dollargacha qimmatlashtirib¸ shusiz ham turar-joylar yetishmasligi va qurilish narxi juda qimmatligidan aziyat chekayotgan Kaliforniyadagi ko‘chmas mulk bozorini yanda qimmatlashtirishini aytmoqda.

Kaliforniya uzoq yillardan beri iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda AQShda yetakchilik qilayotgan shtat va bu shtatda zararli gazlarning havoga chiqishini kamaytirishga qaratilgan keskin qonunchilik mavjud.

Shtat 2030 yilga borib elektr quvvatining 50 foizini qayta tiklanadigan energiya manbalaridan olishni ko‘zlamoqda.

XS
SM
MD
LG