Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:51

“O‘zbeklar ishi” tergovchisi Gdlyan Ozodlikda o‘ziga qarshi chiqqan o‘zbek ziyolilari bilan bahslashdi


O‘zbekistonlik bir guruh ziyolilar o‘tgan asrning 80-yillarida “Paxta ishi” deb atalgan jinoyat ishlarini tergov qilgan moskvalik tergovchilarni javobgarlikka tortishni so‘rab 3 may kuni O‘zbekiston Bosh prokuroriga murojaat qilishdi.

10 may kuni Ozodlik bu ziyolilarga o‘z e’tirozlarini “O‘zbeklar ishi” deb nomlangan shov-shuvli tergov ishini boshqarganlardan biri - Telman Gdlyanning bevosita o‘ziga bildirish imkonini berdi.​

Psixologiya fanlari doktori¸ yozuvchi Mahmud Yo‘ldoshev, filolog olim¸ o‘tgan asrning 80-yillarida Sirdaryodagi kolxozda partkom bo‘lib ishlagan Qozoqboy Yo‘ldoshev Gdlyanni o‘zbek xalqiga nisbatan zo‘ravonlik, o‘zboshimchalik, tahqirlash, haqoratlash va qadr-qimmatini toptashga yo‘l qo‘yganlikda ayblashdi.

Bunga javoban Telman Gdlyan minglab o‘zbeklarni paxta ishida ayblab Gaydanov¸ Buturlin kabi o‘zbekistonlik prokurorlar qamagani va o‘zi esa faqat 62 nafar korrupsioner mulozim ishi bilan shug‘ullanganligini ta’kidladi.

"Ўзбек иши" терговчиси Гдлян ўзбек зиëлилари билан баҳслашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:51:58 0:00

Suhbat chog‘ida Gdlyan mingdan ziyod oddiy paxtakorni mahalliy prokurorlardan himoya qilgani va “o‘zbek ishi”¸ “paxta ishi” degan yorliqlarga qarshi bo‘lganligini ham ta’kidladi va o‘zbek-sovet korrupsionerlarini qamaganidan afsuslanmasligini bildirdi.

"Qurultoy" davomida “O‘zbeklar ishi” degan hujjatli film muallifi Abdulaziz Mahmudov Gdlyan aytganlarni tasdiqladi va u qamagan 62 nafar mulozimning¸ haqiqatdan ham¸ “o‘zbek xalqining qonini so‘rgan korrupsioner-o‘g‘rilar” bo‘lganini ta’kidladi.

Mahmudov ta’kidicha¸ “bu korrupsionerlarning vaqtida bartaraf qilinmagan avlodi O‘zbekistonni keyingi 27 yil davomida tinimsiz talab kelmoqda.”

10 may kungi "Qurultoy"da o‘tgan yil sentabrida Usmon Haqnazarov taxallusi bilan korrupsioner o‘zbek mulozimlari haqida qator fosh qiluvchi maqolalari uchun hibsga olinib¸ 7 may kuni ozodlikka e’lon qilgan mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullaev ham qatnashdi.

XS
SM
MD
LG