Линклар

Шошилинч хабар
24 январ 2021, Тошкент вақти: 10:32

Mirziyoev hukumati xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklar uchun ikki fuqarolik joriy qiladimi?


Uzbek banner - Round-table

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan ko‘p o‘tmay boshlangan siyosiy va diniy ta’qiblar¸ ko‘p o‘tmay esa¸ ishsizlik sabab mamlakatni tark etgan va xorij davlatlari pasportini olgan o‘zbekistonliklar soni haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Rossiyada yillardan beri mehnat muhojiratida yurganlar soni 2 milliondan 5 millliongacha deb taxmin etilsa¸ G‘arb davlatlarida muqim yashayotganlar soni o‘n minglarda chamalanadi.

Xususan¸ yiliga 5000 nafarga yaqin o‘zbekistonlik Green Card sohibi sifatida AQShga ko‘chib ketmoqda¸ besh yil bu yerda muqim yashaganidan so‘ng¸ AQSh vatandoshligini olmoqda.

Xorij vatandoshligini olgan o‘zbekistonliklarning aksariyati¸ tarixiy vatani bilan aloqani uzmaslik uchun¸ O‘zbekiston fuqaroligidan voz kechishni istamayapti.

Islom Karimov davrida¸ O‘zbekiston qonunchiligi qo‘sh fuqarolikni e’tirof etmagan bo‘lsa¸ Mirziyoev hokimiyatga kelganidan so‘ng - 2016 yilning 23 sentabrida “Fuqarolik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga kiritilgan o‘zgartishga muvofiq¸ chet el fuqaroligini olgan O‘zbekiston fuqarosi — O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishi mumkin.

Dunyoning aksar davlatlari¸ xususan¸ postsovet respublikalari uchun dolzarb bo‘lib qolayotgan bu masala Ozodlikning "Qurultoy" eshittirishida muhokama qilindi.

Davra suhbatida Adliya vazirligi rasmiysi¸ O‘zbekiston ichkarisida yashayotgan ikki pasport egalari¸ mamlakatdan chiqib ketgan muxolifat faollari va qo‘shni respublika vatandoshlari ishtirok etdi.

AQShda ayni sohada ilmiy izlanish olib borayotgan tahlilchi Rafael Sattorov bu masala yechimini Polshadan o‘rganish kerak¸ degan fikrni ilgari surdi:

- Polsha dunyodagi barcha polyaklarga Polsha kartasini beradi. Bu karta bilan dunyoning turli mamlakatlarida yashaydigan polyaklar o‘z yurtiga bemalol borib kelishadi. Bundan o‘rnak olib biz ham Uzbek Card ideyasini targ‘ib qilaylik¸ deydi suhbatdosh.

Икки фуқароликка изн берилсинми ëки барча ўзбекларга Uzbek Card берилсинми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:41:17 0:00
Бевосита линк

Germaniyada istiqomat qilayotgan jurnalist Anvar Usmon Rossiya vatandoshligini olayotgan o‘zbekistonliklar soni yil sayin ko‘payganligini O‘zbekiston mustaqilligi uchun potentsial tahdid sifatida baholab¸ ularning ehtimoliy kelajakda Rossiya manfaati targ‘ibotchisiga aylanishidan xavotir bildirdi.

O‘zbekistonda qo‘shvatandoshlikka mavjud taqiq "Qurultoy"ning ayrim ishtirokchilariga ko‘ra, Karimov davridagi “izolyatsionizm” siyosati mevasidir.

O‘zbekistonning 2016 yilda vafot etgan 1-prezidenti Islom Karimov "Bizdan ozod va obod vatan qolsin" nomli kitobida "Ikki davlat fuqaroligiga mansublik achinarli holdir. Bu bevatanlik bilan barobardir", deb yozgan edi.

Ayni paytda Islom Karimovning nevaralari bir vaqtning o‘zida AQSh va O‘zbekiston vatandoshi ekani¸ "Qurultoy" qatnashchilari nazarida¸ “masalaning paradoksga aylanganiga” yorqin misoldir.

Marhum prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova uy qamog‘iga olingunga qadar O‘zbekiston siyosiy elitasi farzandlarining aksariyatida AQSh¸ Britaniya¸ Isroil¸ Boltiqbo‘yi davlatlari va Rossiya fuqaroligi borligini Twitter sahifasi orqali iddao qilgan edi.

XS
SM
MD
LG