Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:18

Ramazon bozori: 5 litrlik idishdagi Zam-zam suvi Toshkentda $50 dan sotilmoqda


Toshkent bozoridagi zam-zam suvi
Toshkent bozoridagi zam-zam suvi

5 litrlik yelim shishalarda 50 AQSh dollariga teng o‘zbek so‘miga sotilayotgan Zam-zam suvi Ramazonning mavsumiy iftorlik bozoriga chiqarilgan tovarlardan biridir.

Ozodlik suhbatlashgan restoran egalari va Zam-zam suvi sotadigan tadbirkorlar O‘zbekistonda bu yilgi Ramazon bozorlari o‘tgan yildagidan ko‘ra¸ chaqqonroq ekanini, katta talabga yarasha taklif ko‘lami ham kengayganini aytdi.

Muxbirimiz Toshkentning Ramazon bozorini o‘rganar ekan, oddiy santexnik yigitning ehtiyojmandlarni saharlik va iftorlik bilan ta’minlanayotganini ham aniqladi.

Obi-Zam-zam biznesi

Toshkent markazida diniy kitoblar bilan savdo qiladigan do‘kon egasining 18 may kuni Ozodlikka aytishicha¸ Ramazon boshlangandan beri u Zam-zam suvi ham sotmoqda. Chunki suvning bozori chaqqonlashgan:

- Suv yaxshi ketyapti. 5 litrlik baklashkasi 400 ming so‘m¸ birvarakayiga 10 ta yoki undan ko‘p olsangiz 380 ming qilib beramiz. Biz sotayotgan suv haqiqiy. Makkai Mukarramadan keltirilgan va ustida muhri bor. Bozorda uyalmay oddiy vodoprovod suvini Zam-zam deb, baklashkasini 160 mingdan sotishyapti. Lekin odamlar toza molni biladi. Bizdan olishyapti,- dedi tadbirkor.

Suhbatdosh aytgan soxta Zam-zamni fosh etuvchi videolavha esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Videolavhadagi kishining iddao qilishicha ¸ 5 litri 160 ming turadigan suv soxtadir. Videolavha qaxramoni suv idish qopqog‘iga “Rustam” so‘zi tushirilgani va baklashka yorlig‘idagi ranglar va ta’mi boshqachaligini sabab qilib¸ bu suv soxta” deya ta’kidlaydi. Videolavhadagi kishi suvning soxtaligi haqida biror bir laboratoriya xulosasini keltirmagan.

Diniy libos va joynamozlar bilan savdo qiluvchi toshkentlik tadbirkor Ozodlik bilan suhbatda “bu videorlik suv sotayotgan raqobatchi shirkat” mahsuloti bo‘lishi mumkin, deb taxmin qildi. Suhbatdoshga ko‘ra¸ “Zam-zam suvi bilan og‘iz ochish Payg‘ambar sunnati bo‘lgani uchun” bu suvga aynan Ramazon paytida extiyoj ko‘payadi:

-O‘zi har qanday suv¸ sut¸ xurmo yoki tuz bilan og‘iz ochsa bo‘laveradi. Ammo Zam-zam suvi bilan ochishni moda qilib olishdi. Ba’zilar baklashka ustiga “Zam-zam suvi qo‘shilgan” degan emblema yopiishtirib qo‘yadi. Qo‘shganmi¸ qo‘shmaganmi¸ qo‘shgan bo‘lsa qancha qo‘shganini aniqlab bo‘lmasa?- deydi suhbatdosh.

Zam-zam suvi Makka shahridagi Ka’ba yaqinida yer tubidan chiquvchi buloq suvidir.

Toshkent restoranlarining iftor biznesi

2016 yili O‘zbekistondan restoran, kafelarda va masjidlarda iftor uyushtirish ta’qiqlangan edi. Bunday tashabbus bilan O‘zbekiston Musulmonlar idorasi chiqqan edi. Diniy muassasa vakili shayx Abdulaziz Mansurning islam-today.ru nashriga 2016 yili bergan suhbatida bu taqiqqa izoh berilgan edi

“Iftorlarni kafe, restoran yoki masjidlarda o‘tkazish (taqiqlash) bu - davlat siyosati emas. Biz bunga Islom tarixidan kelib chiqqan holda qaror qildik. Muhammad payg‘ambar davrida iftorlar faqat kambag‘al, yeyishga noni bo‘lmaganlar uchun tashkil qilinar edi. Hozir bo‘lsa iftor yana bir dabdabali tantana va isrofgarchilik manbaiga aylandi. Biz bunga qarshimiz”, - degan edi Shayx.

Diniy idoraga yaqin mulozimlardan birining Ozodlikka bildirishicha¸ bu yil kafe va restoranlarda iftor va saharlik qilishga cheklov bekor qilingan.

Ozodlik iftor va saharlik o‘tkazish borasida ijtimoiy tarmoqda reklama bergan Toshkentdagi restoran egalari bilan gaplashdi. Ulardan biri Toshkentning Sebzor dahasidagi kafe egasi Ozodlik bilan 18 may kungi suhbatda bir kishilik to‘y oshi, salat, choy va nonlari bilan o‘n ming so‘m qilib belgilanganini aytdi. Suhbatdoshning aytishicha o‘tkan yillari iftorga ruxsat bo‘lmagani uchun Ramazon oyida zarariga ishlagan:

- O‘zi Ramazon paytida klient rezko kamayadi. Odamlar ro‘zaku. O‘tgan yillari iftor paytida kafeni ochishga ruxsat yo‘q bo‘lgani uchun zarar qilardik. Bu yil zapret yo‘q. Narxni ham cho‘ntakbop qildik. Sezonda kassa yaxshi bo‘ladi deb turibmiz¸ - dedi kafe egasi.

Bu yilgi ramazon paytida tijorat rivojlangani aytilmoqda
Bu yilgi ramazon paytida tijorat rivojlangani aytilmoqda

Iftor berayotgan yana bir restoran egasi esa, bir kosa osh narxi 12 ming so‘m qilib belgilaganini aytdi:

- Kosasi 12 ming. Lekin kosa to‘la. Oldin 9 mingdan sotuvdik kosasini. Hozir talab bo‘lgani uchun 12 mingga chiqardik¸ deydi suhbatdosh.

Ro‘zadorlar uchun tekin osh

Toshkentlik 36 yashar santexnik Abduvohid Atametov "Ramazon oyida¸ muhtoj¸ bemor va talaba ro‘zadorlarga o‘z hisobimdan saharlik paytida tekin osh sotib olib tarqataman" deya ijtimoiy tarmoqlarda e’lon berdi.

Ozodlik bilan 18 may kungi suhbatda Atametov bu ishni savob uchun qilayotganligini ta’kidladi:

- O‘zim yetim o‘sganim uchunmi muhtojlarga yordam bergim keladi. O‘tkan yilgi Ramazonda kichikroq qamrovda qilib ko‘ruvdim. Bu yil Olmazor va Shayxontohur tumanlari uchun qilyapman. Talaba va saharlikka taom tayyorlashga imkoniyati bo‘lmay qolgan kishilarga to‘y oshini bepul yetkazib beryapman.. Buyurtmani Telegram guruhidan olyapman. Bu oyning fazlidan umid qilgan holda o‘zimizning kichik xissamizni qo‘shdik¸ -deydi Atametov.

XS
SM
MD
LG