Линклар

Шошилинч хабар
17 август 2018, Тошкент вақти: 08:13

26 tashkilot Nazarboevni “soxta axborot” haqidagi qonunni qayta ko‘rishga chaqirdi


Ratel.kz bosh muharriri Marat Asipov (chapda) 10 may kuni advokatlari bilan Almatidagi sudga keldi

Matbuot erkinligini kuzatuvchi 26 ta xalqaro tashkilotdan iborat koalitsiya Qozog‘iston hokimiyat idoralarini yaqinda 2 ta ommaviy axborot vositasiga (OAV) nisbatan qo‘llangan fuqarolik va jinoyat ishini qayta ko‘rish hamda OAV ovozini o‘chirish uchun foydalanilayotgan qonunchilikni o‘zgartirishga chaqirdi.

Ayni chaqiriq Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ), PEN International va boshqa OAV kuzatuvchilari 18 may kuni IFEX saytida e’lon qilingan qo‘shma xatida e’lon qilindi.

IFEX butun dunyoda fikr va axborot erkinligini qo‘llab-quvvatlash va himoyalash bilan shug‘ullanadigan tashkilotilar tarmog‘idir.

“Biz prokuratura va sud organlarining Ratel.kz va bosh bir qancha OAVga qarshi nomutanosib, ba’zi hollarda noqonuniy xatti-harakatlari Qozog‘iston huquqiy tizimini demokratiya amal qilishi uchun suv bilan havoday zarur bo‘lgan normal tanqidni bo‘g‘ishga qaratilganidan xavotir izhor qilamiz”, deyiladi xatda.

Almati politsiyasi 2 aprelda Ratel.kz xabarlar vebsayti va Forbes jurnalining mahalliy nashri tahrriyatlariga reyd uyushtirdi hamda ikkala OAVning ham kompyuter va hujjatlarini musodara qildi. Ushbu OAVda ishlayotgan bir qancha jurnalistlarning uyida tintuv ham o‘tkazildi.

Ayni paytda Ratel vebsayti va Feysbukdagi sahifasi to‘silganicha qolmoqda.

Ushbu amallar ish odami va sobiq moliya vaziri Zeynulla Kakimjanovning da’vo arizasi bo‘yicha boshlangan jinoyat tergoviga asoslandi. Sobiq vazir ushbu ikki OAVni noto‘g‘ri axborot tarqatib, o‘zi bilan o‘g‘lining obro‘siga putur yetkazdi, deb da’vo qilmoqda.

CPJga ko‘ra, Ratel.kz bilan Forbes Kazakhstan 2016 yil mayidan va dekabrigacha Kakimjanovlarning korrupsiya bilan bog‘liq ehtimoliy xatti-harakatlari haqida maqolalar chop qilgan.

IFEX tarmog‘ining Qozog‘iston bosh prokurori, Oliy Sudi, parlamenti, axborot va kommunikatsiya vaziriga yo‘llangan qo‘shma xatida “soxta axborot” tarqatish to‘g‘risidagi qonunni qayta ko‘rib chiqish taklif etiladi. Unda ayni qonunda jurnalistlar va OAVga “haddan ziyod jarima” solish ko‘zda tutilgan va bu hol tanqidga “tahdid” tug‘diradi, deyiladi.

Muxoliflar va inson haqlarini himoya qilish tashkilotlari 1991 yili Sovet Ittifoqi tarqab ketgandan beri hokimiyatda o‘tirgan Nursulton Nazarboev hurfikrlilikni bo‘g‘ish va potensial muxoliflarining tanobini tortib qo‘yish payiga tushib qolgan, deb tanqid qilib keladi.

O‘tgan oyda Human Rights Watch tashkiloti Ratel.kz va Forbes.kz ishi yuzasidan bayonot berib, Qozog‘iston hokimiyat idoralarini “o‘z ishini bajarayotgan jurnalistlarni ta’qib qilish” uchun ishlatilayotgan tuhmat qilish uchun javobgarlik to‘g‘risidagiqonunlardan foydalanishni to‘xtatishga chaqirgan.

XS
SM
MD
LG