Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:35

Samarqandda Karimovni "suvenir" biznesiga aylantirganlar reyd qilindi


Bloger Toshpo‘lat Rahmatullaev tarafidan 20 may kuni suratga olingan manzara
Bloger Toshpo‘lat Rahmatullaev tarafidan 20 may kuni suratga olingan manzara

Samarqanddagi Islom Karimov ko‘chasi (sobiq Toshkent ko‘chasi)da O‘zbekistonning marhum prezidenti siymosi tushirilgan kalendar¸ otkritka¸ magnitka va boshqa yodgorlik buyumlari bilan savdo qilayotgan tadbirkorlar 20 may kuni o‘tkazilgan reyd davomida huquqbuzar sifatida ushlandi.

Shunga qaramay¸ dushanba kuni ayni ko‘chada marhum prezident rasmlarini sotayotgan guruh yana paydo bo‘ldi.

Samarqand viloyat Madaniyat boshqarmasi mulozimining 22 may kuni Ozodlikka aytishicha¸ shahar hokimligi¸ soliq inspeksiyasi, sanitariya-epidemiologiya idorasi, viloyat IIB Patrul-post xizmati hamkorligida o‘tkazilgan reyd davomida 12 ta do‘konchaning noqonuniy faoliyatiga nuqta qo‘yilgan:

- Reyd davomida o‘nlab noqonuniy tadbirkorga jarima solindi. Ular birinchi prezidentning ulug‘ siymosini siyqalashtirib¸ qo‘lbola bachkana maxsulotlarni noqonuniy sotishda ayblandi. Ular sotayotgan disk¸ potrtet¸ taqvim kabi qo‘lbola buyumlar musodara qilindi¸ dedi o‘zini tanishtirmagan mulozim.

Samarqandagi do‘konchalar olib ketilganini bloger Toshpo‘lat Rahmatullaev suratga olgan
Samarqandagi do‘konchalar olib ketilganini bloger Toshpo‘lat Rahmatullaev suratga olgan

Samarqandlik bloger Toshpo‘lat Rahmatullaev Ozodlik bilan 22 may kungi suhbatda “qo‘lbola poligrafik mahsulotlardagi grammatik xato va past saviyaga” e’tibor qaratdi:

- Marhum Islom Karimov suratlari tushirilgan plakatlar ma’nosiz jumlalar va imloviy xatolar bilan to‘la. Men Islom Karimov ko‘chasida sotilayotgan bitta kalendarni suratga oldim. Yettita jumlada 12 ta xato. Imlo xatolar bilan yozilgan so‘zlar mamlakatimizning birinchi prezidenti tomonidan aytilmaganku? “Alvido Xalkim! 25 eshdabirga bulish nasib etmadi!” deb xatolar bilan bitilgan jumlaning ma’nosi nima? Qo‘lbola bosmaxonada Karimovning rasmi tagiga “Barakat” duosi yoki “Nazar oyati” deb yozib¸ arabcha suralar chop qilingan. Barakat va nazar so‘zlari turkcha variantda yozilgan. Viloyat imom-xatibiga ko‘rsatsam Turkiya nashrlaridan olishibdi¸ deydi. Yana bittasi Karimovning hajga borgani videosi deb¸ disk sotayapti. Diskning ichida Karimovning hajga borgan tarixiy videosi yo‘q¸ albatta. Yakshanba kuni bu do‘konchilarni haydavorishdi. Reyd hali oxiriga yetmasdan, tekshiruvchilar ko‘zini shamg‘alat qilib, sal nariroqda o‘sha plakat va taqvimlarni sotayotganlar yana paydo bo‘ldi¸ deydi samarqandlik bloger.

Тошпўлат Раҳматуллаев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:08 0:00

Samarqanddagi Karimov qabri yonida sotilayotgan poster
Samarqanddagi Karimov qabri yonida sotilayotgan poster

Samarqandlik jurnalist Karimberdi To‘ramurod Ozodlik bilan suhbatda “prezidentdan avliyo yasab tijorat qilish¸ mamlakatning marhum rahbari xotirasiga zid” degan fikr bildirdi:

- Bu tijoratga mening munosabatim salbiy. Birinchi prezidentimiz Karimov qabrining ziyoratiga barcha viloyatlardan odamlar kelayapti. O‘zimizning soddadil odamlarimiz. O‘sha yerdagi qo‘shtirnoq ichidagi ishbilarmonlar o‘zlaricha odamlarga bu bir avliyoning maqbarasi¸ deya uqtirib¸ qo‘lbola besaviya yodgorliklarni sotib pulini olmoqda. Bunga barham berish kerak. Marhum prezident bunday reklamaga muhtoj emas. Uning aytmagan gaplarini rasm tagiga qo‘yishibdi. “Men sizlarni duo qilaman”¸ deb aytmaganku prezident. Bunday yolg‘on gapga¸ jo‘n suvenirga prezident ham¸ uning ruhi ham muhtoj emas. Endi shunaqa gavjum joylarni daromad manbai qilib oladigan odamlarning ishi bu. Yaxshi ishmas. Bir samarqandlik sifatida ham bunga qarshiman¸ deydi taniqli jurnalist Karimberdi To‘ramurod.

Tirikchilik

Ozodlik Karimov maqbarasiga yondosh ko‘chada ayni shu poligrafiya mahsulotlarini sotayotgan yigit bilan ham gaplashdi. Bu tadbirkor shu yo‘l bilan ro‘zg‘or tebratayotganligini aytdi:

- Toshkentdan donasini 2000 so‘mdan olib¸ ustiga 500-1000 so‘m qo‘yib sotaman. Odamlar tabarruk¸ deb sotib olishayapti. Xato yozilgan bo‘lsa¸ mening aybim emas. Uyga kechqurun ikkita non ko‘tarib borayapman¸ men uchun tirikchilik bu¸ deydi samarqandlik mahalliy tadbirkor.

Yangi ritual

O‘tgan ikki yil davomida Karimov qabrini ziyorat qilish uchun Samarqandga ko‘pgina davlat rahbarlari va boshqa oliy maqom mehmonlar bordi. Shohi Zinda kompleksidagi Karimov qabri ustiga qurilgan marmar maqbara shu kunlarda mahalliy musulmonlar tarafidan "kichik haj"ga tenglashtirilib¸ tavof qilinmoqda.

2017 yil 4 aprelda Samarqandga borgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Hazrati Xizr majmuasida dafn etilgan mamlakatning avvalgi rahbari Islom Karimov qabrini Milliy gvardiya faxriy askarlari surunkali qo‘riqlashini aytgan edi.

“Bu yerda doimiy ravishda 10 askar navbatchilik qiladi. Milliy gvardiya askarlari”, - degan edi Shavkat Mirziyoev.

Maqbaradan tashqari O‘zbekistonning Qarshi¸ Samarqand va Toshkent shaharlarida Karimovga haykal o‘rnatilgan.

XS
SM
MD
LG