Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:01

Nega qushlarning tishi yo‘q?


Nega qushlarning tishi yo‘qolib ketgan? Havoda yengil bo‘lishlari uchunmi? Yoki ularning o‘tkir tumshug‘i qurtlarni yeyish uchun ajdodlari dinozavrlarning tishli jag‘laridan qulayroqmi?

Chorshanba kuni chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, qushlar jo‘ja ochib chiqishda tuxum bosib o‘tirishni tezlashtirish uchun tishlaridan voz kechgan ekan. Bu shu paytgacha tishsiz tumshuqlar paydo bo‘lishi haqidagi ilmiy qarashlarga ziddir.

Dinozavrlar tuxumini bir necha oylab bosib o‘tirishiga taqqoslaganda, hozirgi qushlar tuxumini bir necha kun yoki haftada ochib chiqadi. Chunki tishlar chiqishi uchun kerak bo‘ladigan embrionni kutib o‘tirishga hojat yo‘q. Ushbu jarayon, Bonn universiteti tadqiqotchilari Tzu-Ruey Yang bilan Martin Sanderga ko‘ra, tuxum inkubatsiyasining 60 foiz vaqtini oladi.

Embrion tuxum ichida bo‘lgan paytda yirtqichlar va tabiiy ofatlardan himoyalana olmaydi, tuxumni tezroq ochib chiqish esa omon qolish imkoniyatini oshiradi.

Bu ham dinozavrlar, ham qushlar – barcha tuxum qo‘yuvchilar uchun tashvish tug‘diradi. Suv emizuvchilarning embrionlari esa ona qornida bo‘ladi.

“Taxminimizcha, (qushlarda) tish yo‘qolishining (tadrijiy) tanlovi embrion tez o‘sishi tanlovi va inkubatsiya davri qisqarishining nojo‘ya ta’siridir”, deb yozadilar Yang va Sander “Biology Letters” jurnalida.

Oldingi tadqiqotlarda qanotli dinozavrlarning avlodi bo‘lmish qushlar yaxshiroq uchish uchun tishlaridan ayrilgan, deb hisoblanar edi.

O‘ylab ko‘riladigan masala

Ikki olimning fikricha, Mezozoy davrida yashagan ayrim qanotsiz dinozavrlarning ham hozirgi qushlarnikiga o‘xshash tishsiz tumshug‘i bo‘lganini ushbu mantiq bilan tushuntirish qiyin.

Boshqa tadqiqotlarda qushlarning tumshug‘i oziqlanish uchun qulay ekani aytiladi.

Ammo ayrim boshqa va etxo‘r bo‘lgan dinozavrlarning ham tishi tushib, qushlarnikiga o‘xshash tumshug‘i paydo bo‘lgan.

Yang bilan Sander masalaga yechim o‘tgan yili chop etilgan tadqiqotdan topilganini aytadi. Unga ko‘ra, uchmaydigan dinozavrlarning tuxumini ochib chiqish uchun oldin taxmin qilinganidan ko‘proq vaqt – 3-6 oy kerak bo‘lgan ekan.

XS
SM
MD
LG