Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:03

So‘nggi qo‘ng‘iroq Mirziyoev shaxsiga sig‘inish davrining Birinchi qo‘ng‘irog‘imi?


Uzbek banner - Round-table
Uzbek banner - Round-table

Bu yil maktablarda o‘quvchilar uchun «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbiri bekor qilindi. Bu tadbir o‘rniga o‘tkaziladigan "tantanali saflanish tadbirlari"da prezident Shavkat Mirziyoevning bilim olishga oid gaplari “mag‘zini chaqishadi”

«Tadbirning asosiy g‘oyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning «Dunyoda eng katta boylik-yoshlikda olingan bilim va egallangan kasb-hunardir» degan iborasining mazmun-mohiyatini o‘quvchi-yoshlarga yetkazish, yoshlar ongida vatanga muhabbat, keksa avlod vakillariga hurmat, tinchlik va osoyishtalikka daxldorlik tuyg‘ularini kuchaytirishga qaratiladi», deyiladi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Bundan oldin bir guruh ziyolilar «Mening fikrim» portalida Shavkat Mirziyoevga “O‘zbekiston qaxramoni” unvoni berish tashabbusi bilan chiqqan edi.

Bu «shavkatparastlik tadbirlari» O‘zbekistonda yangi shaxsga sig‘inish davri boshlangani alomatimi?

Bu savol javobini Ozodlikning Qurultoy eshittirishida izladik.

Мактаблардаги сўнгги қўнғироқ Мирзиëев шахсига сиғинишнинг бошланишими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:55:00 0:00

Eshittirishda qatnashgan shoir¸ faylasuf, O‘zbekkiston xalq maorifi a’lochisi Abdulla Sher yozuvchi Makiavellidan misol keltirib “shaxsga sig‘inish johil olamonga oid instinkt” ekanligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoevga laganbardorlik qilish ko‘lamini prezidentning Andijonga tashrifi misolida tasvirlagan kinochi Abdulaziz Mahmudov “Karimov davridagi laganbardor mulozimlar Mirziyoevni maqtovga mazaxo‘rak qilmoqda”, dedi.

Maxmudovning fikricha¸ laganbardorlikning bu tezligida kelasi yilga borib “O‘zbekiston siyosiy ufqida ikkinchi Karimov paydo bo‘ladi...”

XS
SM
MD
LG