Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:35

Kompyuter teri saratoni kasalligiga doktorlardan yaxshiroq tashxis qo‘ydi


Tadqiqot paytida sun’iy aqlli mashinaning melanomani aniqlash aniqligi 95 foiz, dermatologlarniki esa 86,6 foiz bo‘ldi.

Kompyuter teri saratoni kasalligini dermatologlardan ko‘ra yaxshiroq aniqlab berdi hamda tashxis qo‘yishda insondan ustun ekanini istobladi, deyiladi tadqiqotda.

Germaniyalik, AQShlik va fransiyalik bir guruh olimlar sun’iy aqlli tizimni terining xavfli shikastlangan joylarini bezarar o‘smalardan farqlashga o‘rgatdi. Kompyuter 100 mingdan oshiq suratni ko‘rib chiqdi.

Kompyuter so‘ngra 17 mamlakatdan bo‘lgan 58 nafar dermatolog bilan o‘zaro "musobaqaga tashlandi". Ularga ham xavfli va zararli o‘smalar ko‘rsatildi. O‘sha kompyuter suratlarni tanib, teran o‘rganuvchi neyron tarmoq (convolutional neural network) CNN deb ataladi.

Tadqiqotda ishtirok etgan teri kasalliklari mutaxassislarining yarmidan ko‘pi “ekspert” darajasidagi besh yildan ortiq, yana 19 foizi 2-5 yillik tajribaga ega bo‘lgan. Qolgan 29 foizi ikki yildan kamroq ishlagan kishilar edi.

Annals of Oncology (“Onkologiya solnomasi”) jurnalida chop etilgan maqolada aytilishicha, aksariyat dermatologlar ko‘rsatgan natija CNNnikidan past bo‘lgan.

O‘rtacha olganda, 86,6 foiz holatda dermatologlar kasallikni to‘g‘ri topgan, SNNning ko‘rsatkichi esa 95 foiz bo‘lgan. Kompyuterning sezgirlik darajasi soha mutaxassislarinikidan yaxshiroq ekani aniqlandi.

Dermatologlar ko‘rsatkichi bemorlar va ular terisi shikastlanishi haqida ko‘proq ma’lumot olgandan so‘nggina yaxshilandi.

Tadqiqotchilar fikricha, sun’iy aql teri saratoni tashxisini tez va oson qo‘yish va uni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlashda qo‘l kelishi mumkin. Har yili jahon bo‘yicha 232 ming kishi melanoma bilan og‘riydi va ulardan 55 500 kishi o‘ladi.

Tananing barmoqlar va bosh suyagi terisi qismidagi melanomaga chalingan yerlarni suratga olish mushkul. Shu sababli sun’iy aql “g‘ayrioddiy” shikastlangan joylarni yoki bemorlarning o‘zi ham bexabar bo‘lgan melanomani aniqlashda qiynaladi.

Shuning uchun soha mutaxassislari to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tish eng to‘g‘ri va ishonchli yo‘l ekanini aytmoqda.

XS
SM
MD
LG