Линклар

Шошилинч хабар
20 январ 2021, Тошкент вақти: 02:07

"Hokim bu yil fermerlarga bir kilo ham g‘alla qoldirmoqchi emas"


OzodMaktub rukni e’tiboringizga Samarqanddan kelgan xatni havola qilmoqda. Xatda keltirilgan ma’lumotlar va iddaolar xat muallifiga tegishli. Ozodlik xatda tilga olingan viloyat hokimligi rasmiylari bildirishi mumkin bo‘lgan har qanday shakldagi munosabatni yoritishga tayyor.

Maktubda tilga olingan yig‘ilishda qatnashgan muallif ismi va mansabi ochiqlanmasligini so‘radi. Xat qisqartirilmay, tahrirsiz nashr qilinmoqda.

***

28 may kuni Samarqand viloyat hokimiyatida viloyat hokimi T. Jo‘raev raisligida kunduzi soat 12 da va kechkurun 21:00 dan tungi 01:00 gacha G‘alla o‘rimiga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish viloyat hokimining asabiy kayfiyatida o‘tdi. Unda o‘tgan yilgidan farqli viloyatdagi hamma tashkilotlar rahbarlari xodimlari bilan birga viloyatning eng qoloq, og‘ir tumanlari va MMT, fermer ho‘jaliklariga biriktirildi. G‘alla hosili uchun har bir mas’ul kallasi bilan javob berishi ta’kidlandi.

Bu yilgi g‘alla o‘rimiga viloyatdagi barcha davlat tashkilotlari bilan birga, nodavlat tashkilotlari ham jalb etilgan. Hatto O‘zbekiston prezidenti 2017 yil 30 iyundagi yoshlar faollari bilan o‘tgan majlisda ta’kidlagan bo‘lsa-da, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat, tuman bo‘limlari ham fermer ho‘jaliklari va kombaynlarga biriktirildi.

Hokim o‘z so‘zida: “Bu yil g‘alla hosili ko‘ngildagidek emas, plan bajarilsa katta gap, birorta fermerga bir gramm ham g‘alla berilmaydi. Hammang qulog‘ingga quyib ol. Birorta fermer uyiga g‘alla olib kirganinini eshitmay. Bu yil fermerga g‘alla yo‘q. Agar ortig‘i bilan bajarib qo‘ygan bo‘lsa ham, tuman bajarolmaydi, o‘shanga topshiradi. Bajarmaganini bajartirasan, men bilmayman! Skidkani inobatga olib, har ehtimolga qarshi, fermerlar 105 foizga bajarishini ta’minlaysan! Fermer voy-dod, deydi, oilasi, xotin- bola-chaqasi bilan sani shantaj qiladi, menga pox...y bajartirasan! Bo‘lmasa, o‘zing biror joydan g‘alla topasan! Planni bajargan- bajarmaganinga qarab, sani keyin ishda qolish-qolmasligingni hal qilaman” – dedi.

Viloyatdan biriktirilganlarga qarata: “Hammang safarbar qilinasan, narsalaringni o‘zing bilan ol. Yeb-ichadiganing, yuvinadiganing, bir yarim oy yashaydigan joyingni ham o‘zing topasan. Men bilmayman. Menga g‘allani planini qilib berasanlar!” – dedi.

Viloyat hokimi tuman hokimi va viloyat neft mahsulotlari tarqatuvchisiga qarab: “Hali o‘rim boshlanmasdan fermerlardan kombaynga kerak bo‘ladigan solyarka, avtomobillarga kerak bo‘ladigan gazni pulini bugunoq undiringlar”- deb o‘qtirdi.

"Yana shu ahvol. Hamma g‘alla o‘rimiga ketmoqda. Prezident bu yoqda majburiy mehnat haqida bong urmoqda. O‘zboshimcha Samarqand “hukmdori” esa, hammani g‘allaga safarbar qilmoqda” – deb nolidi viloyat tashkilotida ishlaydigan tanishim. U oddiy mutaxassis, lekin uni ham boshlig‘i g‘allaga biriktirgan.

Tumanlardan biridagi qishloq ho‘jaligi bo‘limi xodimining aytishicha, bu yilgi paxta yig‘im-terimi ham o‘tgan 2017 yilgidan farq qilmas ekan. "Samarqand viloyatiga paxta terish mashinalari kelmaydi. Hamma qo‘lda teradi. Viloyatdagi tashkilotlar hammasi, kerak bo‘lsa o‘qituvchi va shifokorlar ham baribir kerak bo‘ladi. Ularni ham paxtaga chiqarishadi", – dedi qishloq ho‘jaligi bo‘limi xodimi.

Viloyat hokimi bu yil bahor noqulay kelgani uchun g‘alla o‘rimi mavsumi misli ko‘rilmagan darajada qattiq nazoratda o‘tishini aytdi. Bu yil Samarqand viloyatida g‘alla o‘rimini 10-15 iyun kunlari boshlash rejalashtirilgan. Lekin hokim mas’ullarga 30 maydan dalaga borib, joylashib, vaziyatni nazoratga olishni yukladi.

XS
SM
MD
LG