Линклар

Шошилинч хабар
19 январ 2021, Тошкент вақти: 10:47

Talabasi o‘zlashtirmagani uchun o‘qituvchi ishdan bo‘shatilishi mumkin


Talabalarning o‘zlashtirish darajasi O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlaridagi professorlar va o‘qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni bo‘ladi. Bu prezidentning Prezidentning 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev 2019 yil 1 martgacha 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy o‘quv yurtlarida “talabaning o‘zlashtirish darajasi – professorlar va o‘qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni” prinsipini joriy qilishning muayyan mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rish haqida topshiriq berdi.

Hujjatga binoan, ushbu prinsip talablariga javob bermaydigan o‘qituvchilar blian mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo‘lgan choralar nazarda tutiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda ikki oy muddat ichida talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash to‘g‘risidagi yangi nizom ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.

Prezident qarori bilan, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimi bekor qilinadi.

Bu haqda xabar qilgan O‘zA axborot agentligiga ko‘ra, Prezident qarori bilan oliy ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimi o‘rniga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori lavozimi joriy etiladi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Yoshlar siyosati masalalari xizmatiga yuklatildi.

XS
SM
MD
LG