Линклар

Шошилинч хабар
15 август 2018, Тошкент вақти: 21:30

OzodBlog: Agar men O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi raisi bo‘lsam...


E’tiboringizga o‘zbekistonlik jurnalist Abdulaziz Muborakning Ozodlikka taqdim etgan blogini havola qilayapmiz. Muborak keltirgan hisob-kitobni "audit" qilib o‘tirmadik. Gap rejadagi hisob-kitobning to‘g‘ri-noto‘g‘riligida emas, gap niyatning yaxshi-yomonligida, deb hisobladik. Muborakning niyati esa, muborak ko‘rindi. (So‘z o‘ynatvorganimiz uchun uzr!)

Buyog‘i Abdulaziz Muborakniki:

Agar rais bo‘lib qolsam, avvalo tashkilotning sistemasini o‘zgartirardim!

Yoshlar Ittifoqini yoshlarga aql o‘rgatadigan emas, moddiy yordam beradigan, ya’ni ish, tadbirkorlik uchun mablag‘, byurokrat rahbarlardan qalqon bo‘ladigan, otalarcha g‘amxo‘r, onalarcha mehribon tashkilotga aylantirgan bo‘lardim!

Bir yillik byudjeti 330 milliard ekan, bu pulni tasavvur etyapsizmi?

Yuz mlnga bittadan sex qilib bersa, 3300 ta bo‘ladi! Har biri o‘nta ishchi olsa, 3 mln yosh ish bilan ta’minlanadi! Eng kam oyligi ikki yuz dollar bo‘lgan korxonalarga soliq imtiyozini bergizardim.

Hunari yo‘q qiz-juvonlarni uch oy chevarchilikka o‘qitib 200 dollarga tikuv mashinasining zo‘rini olib bersayam bo‘ladi!

1 mln olti yuz ming so‘mga ya’ni...

Bu bir yillik byudjetiga qilinadigan ishlar...

Uch mln ishchi oyiga o‘rtacha ikki yuz mingdan soliq to‘laydi!

Olti yuz milliard bir oyda soliq to‘lar ekan!

3 000 000*200 000=600 000 000 000*12=7 200 000 000 000

Bir yilda 7 trld 200 mlrd so‘m soliq to‘laydi!

Hali daromaddan to‘lanadigan besh foizli yagona soliq ham bor!

(Ovora bo‘lib uni hisoblab o‘tirishim shart emas!)

Tasavvur qilyapsizmi?

Bo‘lar-bo‘lmas tadbirlarning, oldi-qochdi gaplarning nima keragi bor yoshlarga?!

Shunaqa aniq tadbirlar orqali ikki yilda 5-6 mln nafar yoshni ish bilan ta’minlab qo‘yardim!

Jinoyatchilik kamayardi!

Rossiyaga borish kamayardi...

Eh...loaqal maslahatimga quloq solsaydi bular...

Abdulaziz Muborak

OzodBlog rukni o‘z fikrlarini Ozodlik mushtariylari bilan o‘rtoqlashishni istagan har bir muallif uchun ochiq.

OzodBlog ruknida e’lon qilinadigan materiallarda bildiriladigan fikr-mulohazalar, ularda u yoki bu voqea-hodisaga beriladigan baholar mutlaq mualliflarniki. Ular Ozodlikniki emasdir.

XS
SM
MD
LG