Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:18

Eron politsiyachilarni o‘ldirishda ayblangan so‘fiyni osib o‘ldirdi


Gunobodiy jamiyati darvishi Muhammad Rizo Salas sud zalida.
Gunobodiy jamiyati darvishi Muhammad Rizo Salas sud zalida.

Eronda so‘fiylar ishtirokidagi to‘qnashuvda uch nafar politsiyachini o‘ldirishda ayblangan Muhammad Rizo Salas qatl etildi. Tehron hukumati mazkur qatlni ijro qilmaslik haqidagi chaqiriqlarni e’tiborsiz qoldirdi.

Eron sudining rasmiy vebsaytida Muhammad Rizo Salasning 18 iyun ertalab osib o‘ldirilganini xabar qilindi.

Bu xabarni G‘arb jamoatchiligiga e’lon qilgan Amnesty International tashkilotining Tvitterdagi sahifasida:

- Bugun ertalab Muhammad Salas osib o‘ldirilganini xabar qilayotganimizdan iztirob va qayg‘uga tushdik, ‒ deyiladi.

51 yashar Salas mart oyida politsiyachilarni o‘ldirganlikda ayblanib, o‘limga hukm qilingan edi. Shundan so‘ng qarorgohi Londonda joylashgan inson haqlarini himoya qiluvchi Amnesty International tashkiloti jarayonning “o‘ta adolatsiz” o‘tganini bildirdi.

- Hokimiyat idoralari odil sudlov qilaman¸ deb inson haqlarini toptadi, ‒ dedi Amnesty International rasmiysi Filip Lyuter.

Lyuterning aytishicha, Muhammad Rizo Salahga suddan oldin ham, sud jarayonida ham himoyachi berilmagan. Amnesty Internationalga ko‘ra¸ “uchala politsiyachi o‘ldirilgan paytda uning hibsxonada ekani haqida ko‘rsatma berishi mumkin bo‘lgan asosiy guvohlar” ishdan bo‘shatib yuborilgan.

Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, Salas sudda politsiyachilarni qasddan o‘ldirmagani xususida ko‘rsatma bergan.

Fevral oyida uch nafar politsiyachini avtobus bosib ketgan edi. Ushbu fojia Tehrondagi Eronning eng yirik so‘fiylik tariqati tarafdorlari bilan xavfsizlik qo‘shinlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar chog‘ida ro‘y berdi.

O‘shanda Ne’matulloh Gunobodiy jamiyatining darvish sifatida mashhur tarafdorlari o‘z a’zolari hibsga olinishiga qarshi norozilik bildirib ko‘chaga chiqqan edi. Bunga tariqat 90 yashar peshvosining politsiya tomonidan qamoqqa olingani to‘g‘risidagi mish-mishlar sabab bo‘ldi. Hokimiyat idoralarining bunday niyati yo‘qligi to‘g‘risidagi va’dasiga ishonmagan namoyishchilar bilan politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga chiqdi.

Hokimiyat idoralariga ko‘ra¸ Basijiy harbiy bo‘linmasining ikki a’zosi ham o‘ldirilgan mazkur tartibsizliklardan so‘ng 300 ga yaqin darvish qamoqqa olindi.

Inson haqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar Eronni dunyoda vatandoshlarini eng ko‘p o‘limga hukm qiluvchi mamlakat deb, hisoblaydi va hukumatni o‘lim jazosini bekor etishga da’vat qilib keladi.

Amnesty International tashkilotiga ko‘ra, 2017 yilda Eronda 507 kishi qatl etilgan.

XS
SM
MD
LG