Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2021, Тошкент вақти: 19:36

“Samarqand siti” qurilishi qadimiy shaharga xavf solmoqda


18 iyun kuni olingan bu suratda Samarqand markazidagi Pushkin ko‘chasining chor zamonida qurilgan 3-uyi aks etgan. Bunga yaqin Yevropa uslubida qurilgan 19-uy esa¸ butunlay buzib tashlangan.

Samarqand shahrida boshlangan keng ko‘lamli qurilishlar oqibatida YUNESKO tarafidan Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bir nechta imorat buzilgan. Voqea joyiga borib ko‘rgan jurnalist va san’atshunoslarning Ozodlikka aytishicha¸ gap YUNESKO tarafidan 2001 yilda “Samarqand madaniyatlar chorrahasi” degan nom ostida qo‘riqlanishi shart bo‘lgan obidalar ro‘yxatiga kiritilgan Yevropa uslubidagi binolar haqida ketmoqda.

2001 yilda YUNESKO Samarqandni uchta tarixiy bo‘lak bilan Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritgan edi.

Bu “Temuriylar”¸ “Afrosiyob” va “Yevropa” deya nomlangan bo‘laklar uzviy bog‘lanib¸ yagona qadimiy Samarqandni tamsil qiladi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligining Madaniy meros boshqarmasi mulozimining Ozodlikka 18 iyun kuni aytishicha¸ shu kunlarda Samarqand shahridagi YUNESKO ro‘yxatiga kirgan joylarda 27 ta noqonuniy qurilish qilinmoqda; ayni ro‘yxatdagi 83 madaniy obida jismoniy va yuridik shaxslar tasarrufiga qonunsiz o‘tkazilgan.

Pushkin ko‘chasidagi vandalizm

O‘zbekistonlik blogger Murod Sarsenov Samarqandning “Yevropa qismi” deya YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan Pushkin ko‘chasida tasvirga olgan videolarni Facebookdagi o‘z sahifasida e’lon qildi.

Tasvirlarda ayni ko‘chadagi 19-raqamli uy buzulib, o‘rnida kotlavan qazilayotgani aks etadi. Tasvirga izoh bergan Sarsenov¸ kotlavan Max Real Stroy Invest shirkati tarafidan qonunga zid ravishda amalga oshirilganligini iddao qiladi. Bloggerga ko‘ra¸ mazkur shirkat Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan uyni buzib o‘rniga ko‘p qavatli bino qurishni boshlagan.

Самарқанд шаҳридан Озодликка юборилган видео
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:20 0:00
Бевосита линк

Qonunga zid

O‘zbekiston Madaniyat vazirligining Madaniy meros boshqarmasi mulozimining Ozodlikka aytishicha¸ Max Real Stroy Invest shirkati 1995 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga zid tarzda bino qurmoqda.

- Bino qurilishidan oldin shirkat kerakli tashkilotlarga madaniy sferaga uyg‘un imorat qurishi haqidagi biznes taklifni berishi kerak edi. Bunday biznes taklif berilmagan. Pushkin ko‘chasi 19-uy buzilishi haqida kerakli instansiyalari tarafidan kelishilmagan. Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish hududida uy qurib¸ sotmoqchi bo‘lgan bu shirkat barcha mavjud qoidalarni buzdi¸ deydi mulozim.

Mulozim: Samarqanddagi obidalar buzilmagan !!!

Ozodlik bilan 18 iyun kuni gaplashgan Samarqand viloyat hokimining yordamchisi Botir Abdullaev¸ shaharda “Samarqand siti" loyihasi doirasida 25 ta zamonaviy mehmonxona qurilayotgani va bu binolarning shahar qadimiy qismiga zarar keltirmaganligini” iddao qildi:

- Shaharning qadimiy qismi buzilib¸ o‘rniga ko‘p qavatli zamonaviy binolar qurilmoqda¸ deb aytayotgan jurnalistlarning gapi uncha to‘g‘ri emas. Barcha zamonaviy binolar maxsus komissiya ruxsati bilan qurilmoqda. Iloji bor qadar¸ qadimiy obidalarga zarar berilmayapti. Jurnalistlar boshqa binoni rasmga olib¸ buzildi deb yanglish ma’lumot berishdi. Samarqanddagi qurilishlar “Samarqand siti “ dasturi doirasida olib borilmoqda. “Samarqand siti” 2019 yil oxirigacha qurib bitkaziladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Pastdarg‘om tumanidagi faollar yig‘ilishida Samarqandda zamonaviy binolar qurilishi haqida ko‘rsatma bergan edi¸ dedi mahalliy mulozim.

Самарқанд вилоят ҳокими ëрдамчиси Ботир Абдуллаев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:17 0:00

Mulozim Ozodlik muxbirining “Nega Samarqandning Yevropa qismi deb atalgan hududidagi YUNESKO ro‘yxatiga kirgan binolar buzilayotgani va 1919 yili qurilgan haykaltaroshlik kompozitsiyasi buzildi”¸ degan savoliga javob bermadi.

Mirziyoev “pocherki”

Samarqandlik haykaltarosh Nurmuhammad Qodirovning Ozodlik bilan 18 iyun kungi suhbatda eslashicha, Shavkat Mirziyoev viloyat hokimi bo‘lgan 2001 yildan to 2003 yilgacha o‘tgan davrda shahar markazidagi Yevropa uslubidagi binolar va haykallarni yoqtirmasligi bilan tanilgan:

- YUNESKO Samarqanddagi kolonial me’morchilikni ham temuriylar davri bilan bir qatorda ro‘yxatga kiritdi. Pushkin ko‘chasidagi Nikolay g‘ishtidan bo‘lgan qabariq naqshli bir qavatli yevropacha binolar bu. Shavkat Miromonovich nazarida Samarqand bu Registon va Go‘ri Amir. Umuman bu odam temuriylar uslubidan boshqa binolarga o‘gay nazar bilan qarashini yashirmagan. Registonda Abu Abdulloh Rudakiyning to‘la bo‘yli granit haykali bor edi. Qaerga ketdi shu haykal - hech kim bilmaydi. Alisher Navoiy bilan Abdurahmon Jomiyning marmar haykali bor edi Registonda. Olib, boshqa joyga ko‘chirishdi. Keyin umuman yo‘q bo‘lib ketdi. Bularning hammasi Shavkat Mirziyoev hokim bo‘lgan davrda bo‘ldi. Yozuvchi Sadridin Ayniyning kolonial me’morlik uslubida qurilgan uy-muzeyining vayrona ahvolga kelishi ham Shavkat Mirziyoev Samarqandga hokim bo‘lgan davrda yuz berdi. Endi aynan Mirziyoev tashabbusi bilan "Samarqand siti" quramiz deb shahar beton va shishadan bo‘lgan kitch binolar bilan to‘ldirilmoqchi. Bu odamdan Samarqandni himoya qilish kerak - deydi haykaltarosh.

Toshkentlik munaqqid Akmal Rizaev 8 may kuni Ozodlik bilan suhbatda «Mirziyoevning Samarqandning Yevropa qismiga antipatiyasi » maxsus tadqiqot talab qiladigan ish¸ deb ta’kidlagan edi.

- Samarqand markazida avstriyalik mahbus arxitektor Eduard Rush tomonidan 1919 yilda qurilgan kompozitsiyasi bor edi. Bu asar SSSR davrida monumental plastika sohasining mamlakatdagi eng noyob namunalaridan biri deya qadrlanib kataloglarga kiritilgan edi. bU tarixiy monument buzilishini 2009 yili Bosh vazir lavozimida bo‘lgan Shavkat Mirziyoev Toshkentdan maxsus kelib amalga oshirib ketdi. Monument to‘rt tomonida to‘rt xil holatda aks ettirilgan qullarning haykalidan iborat edi. Bir qul iztirob ichida, yana biri uyg‘onayotgan, yana biri umid bilan qaragan, yana biri esa yuzida mardlik aks etgan. Postamentdan o‘sib chiqqan ustun va uning ustidagi qubbaning to‘rt tomonida esa, to‘rtta bolacha haykali aks etgan, qubbaning ustida esa qo‘lini ko‘kka cho‘zgan va Ozodlik timsoli sifatida keltirilgan ayolning mardonavor shakli qad ko‘targandi. Bu haykal Samarqand viloyat Madaniy yodgorliklar boshqarmasi ro‘yxatiga kirgan bo‘lsa ham¸ mavjud qoidaga zid tarzda buzib tashlandi¸- deya eslaydi munaqqid.

435-sonli qaror

YUNESKO tarafidan 2001 yilda “Samarqand madaniyatlar chorrahasi” degan nom ostida qo‘riqlanishi shart bo‘lgan obidalar buzilib o‘rniga kotlovan qazilayotgan bor paytda Vazirlar Mahkamasi “YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasidagi hududlarni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 435-sonli qarorni qabul qildi.

Qarorda “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” ob’ekti muhofazasi kuchaytirilishi zarurligi ta’kidlanadi.

2018 yilning 9 iyunida qabul qilingan qarorga ko‘ra¸ qurilish va obodonlashtirish loyihasi YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan avvaldan kelishilmagan bo‘lsa¸ bunday qurilishlar Umumjahon merosi markazi tomonidan ma’qullangunga qadar to‘xtatiladi.

XS
SM
MD
LG