Линклар

Шошилинч хабар
14 ноябр 2019, Тошкент вақти: 01:08

AQSh Senati Turkiyaga F-35 uchoqlarini sotishni taqiqladi


Lockheed Martin F-35 “Yashin – II” qiruvchi uchog‘i AQShning Merilend shtatidagi angarda.

AQSh Senati F-35 rusumidagi qiruvchi uchoqlarni Turkiyaga sotishni taqiqlaydigan qonun qabul qildi. Bunga rasmiy Anqaraning Rossiya bilan S-400 raketadan mudofaa tizimini sotib olish to‘g‘risidagi bitim sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Qonun 18 iyun kuni qubil qilindi, uni yoqlab 85 senator, qarshi esa 10 senator ovoz berdi.

Hujjatda prezident Donald Trampning ZTE yirik telekommunikatsiya kompaniyasi (Xitoy) bilan erishgan bitimini bekor qilishga oid band ham bor.

Ushbu kompaniya Eron bilan Shimliy Koreyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni buzgani uchun jarima to‘lagani sababli biznesini davom ettirishga ijozat olgan edi.

“Milliy mudofaaga ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risida”gi qonunda Turkiya bilan ZTE kompaniyasiga qarshi ikkita band bor. Ushbu qonun harbiy dasturlar va qurol-yarog‘ sotib olish uchun 700 milliard dollardan oshiq mablag‘ni sarflash vakolatini beradi.

Vakillar palatasi esa qonun loyihasini o‘z talqinida qabul qildi.

Bir to‘xtamga kelishdan oldin bir qonunning ushbu ikki nusxasi birlashtirilishi va murosaga kelinishi lozim.

Shundan so‘ng tasdiqlash yoki veto qo‘yish uchun prezident Trampga yuboriladi.

Senat bilan Vakillar palatasida ikkala partiya vakillari ham AQShning eng zamonaviy qiruvchi uchoqlarini Turkiyaga sotishni man qilish yo‘lida ancha ter to‘kdi.

Qo‘shma Shtatlarning NATOdagi ushbu ittifoqchisi bilan munosabatlari kun sayin taranglashib bormoqda.

Ayni choqda Turkiya F-35 dasturi bo‘yicha sherik mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Ushbu mamlakat Lockheed Martin korporatsiyasida ishlab chiqarilayotgan uchoqlardan 100 tasini sotib olmoqchi edi.

Donald Tramp parlamentga Turkiya ushbu uchoqlarni xarid qilishi uchun Rossiyadan mudofaa uskunalari sotib olish yoki AQSh vatandoshlarini qamash bilan NATOga tahdid qilmayotganini isbotlab berishi kerak.

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim 19 iyunda Senat ushbu qonunni qabul qilishi yaxshi ish bo‘lmagani va u strategik sheriklik ruhiga mos emasligini aytdi.

Bosh vazir fikricha, ayni qonun Turkiya mudofaasiga rahna sola olmaydi, uchoqlarni bosh mamlakatlardan sotib olish ham mumkin.

NATO rasmiylari Turkiyani Rossiyaning S-400 zenit-raketa komplekslari NATOning mudofaa tizimi bilan mos emasligidan qayta-qayta ogohlantirib keladi.

Qonunda tilga olingan ZTE kompaniyasi Tramp bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, sanksiya talablarini buzgani uchun 1 milliard jarima to‘lashi kerak.

Buning evaziga u o‘z mahsulotlari uchun AQSh ta’minotchilaridan butlovchi qismlar olishni davom ettiraveradi.

Tramp bilan tuzilgan bitimni bekor qilish haqidagi gap-so‘zlar ZTEning birjalardagi qimmatbaho qog‘ozlari narxini keskin tushirib yubordi.

XS
SM
MD
LG