Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:39

Toshkent sobiq prokurori qarindoshlarining uyida tintuv o‘tkazilgani tasdiqlandi


Bosh prokuraturada sobiq prokuratura amaldorlari ustidan olib borilayotgan tergov amaliyotlari markazida sobiq Bosh prokuror Rashitjon Qodirov ustidan ochilgan jinoiy ish turgani aytiladi.
Bosh prokuraturada sobiq prokuratura amaldorlari ustidan olib borilayotgan tergov amaliyotlari markazida sobiq Bosh prokuror Rashitjon Qodirov ustidan ochilgan jinoiy ish turgani aytiladi.

18 iyun kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Ozodlikka Toshkent shahar prokurorining sobiq 1-o‘rinbosari Mirag‘lam Mirzaev va uning yaqinlari ustidan ochilgan jinoiy ishga oid ayrim tafsilotlarni ochiqladi.

13 iyun kuni Ozodlikda chop etilgan “Toshkent prokurori eks-muovinining boyligi qidirilmoqda. Qarindoshlari uyida tintuv o‘tkazildi” maqolada O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi mulozimlari Mirag‘lam Mirzaevning yigirmaga yaqin qarindoshi uyida bir kunning o‘zida tintuv o‘tkazgani xabar qilingan edi.

Ozodlikka berilgan ”Prokuratura organlarining sobiq amaldorlari ustidan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha Ma’lumotnoma”da Mirag‘lam Mirzaev va uning xotini Muhabbat Mirzaevalarning qarindoshlari uyida tintuv o‘tkazilgani tasdiqlandi.

"Ushbu jinoiy ish Uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurash boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda. Tergovning Mirzaevlar oilasiga oid epizodida M.Mirzaev¸ M.Mirzaeva¸ A.Mirzaev va Z.Inog‘omov (M.Mirzaevaning jiyani) ushlangan.

Jinoiy ish doirasida Mirzaev va Inog‘omovlar oilasiga qarashli turar-joy va noturar-joy ob’ektlarida tintuv o‘tkazildi¸ turli predmetlar¸ hujjatlar¸ avtotransport vositalari va boshqalar olib qo‘yildi.

Hozirda tergov davom etayotganidan kelib chiqib¸ mazkur jinoiy ishga oid boshqa faktlarni oshkor qilishning imkoni yo‘q"¸ deyiladi Ozodlikka rus tilida yuborilgan ma’lumotnomada.

Inog‘omovlar oilasi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Ozodlikka yo‘llagan rasmiy ma’lumotda¸ Z.Inog‘omovning ushlangani va aniq kuni ochiqlanmagan tintuvning “Inog‘omovlar”ga qarashli ob’ektlarda ham o‘tkazilgani aytiladi.

Ma’lumotnomada ushlangan Z. Inog‘omov kimligiga Mirag‘lam Mirzaevning xotini¸ “Yunusobod advokatlar kollegiyasi” sobiq rahbari Muhabbat Mirzaevaning "jiyani" deb aniqlik kiritgan.

Ozodlik bilan suhbatda Mirzaevlar ishining ayrim tafsilotlaridan xabardor huquq tizimi mulozimi¸ “Inog‘omovlar oilasi” deganda Muhabbat Mirzaevaning uchta jiyani nazarda tutilayotganini bildirdi.

“Bu uch aka-ukani Toshkentda tanimaydiganlar kam. Bositxon Inog‘omov¸ Chirchiq shahrining sobiq prokurori. Uning uyida ham tintuv o‘tkazildi¸ hozircha mamlakatni tark etmaslik haqidagi tilxat bilan ochiqda yuripti. Ikkinchisi¸ departamentning (Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti nazarda tutilmoqda - tahr.) Chilonzor¸ oldin Bektemir tumanlari bo‘yicha boshlig‘i bo‘lgan Ziyodulla Inog‘omov. Bu odam hibsga olingan. Inog‘omovlar uchinchisining¸ adashmasam¸ prokuraturaga aloqasi yo‘q. U biznes qilib kelgan”¸ dedi Ozodlik suhbatlashgan huquq tizimi mulozimi shaxsi ochiqlanmasligi sharti bilan.

Ziyodulla Inog‘omovning hibsda ekani tasdiqlandi

1 aprel kuni Ozodlik bilan ismi ochiqlanmaslik sharti bilan gaplashgan Bosh prokuratura mulozimi Ziyodulla Inog‘omovning 20 mart kuni IIV o‘tkazgan maxsus reyd davomida ushlangani va mamlakatni tark etmaslik to‘g‘risidagi tilxatga qo‘l qo‘ydirilgach¸ qo‘yib yuborilganini bildirgan edi.

Ayni paytda Bosh prokuratura xodimi tergovga qatnab yurgan Ziyodulla Inog‘omovning oradan bir necha kun o‘tib g‘oyib bo‘lgani va "qattiq qidirilayotganini" iddao qilgan edi.

18 iyun kungi ma’lumotnomadan Z.Inog‘omovning ushlangani va ehtiyot chorasi sifatida hibsda saqlanayotgani anglashiladi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 23 martda tarqatgan bayonotga ko‘ra, Mirag‘lam Mirzaev, uning xotini Muhabbat Mirzaeva va ularning o‘g‘li Abdurashid Mirzaevlar ustidan Bosh prokuratura sobiq Bosh prokuror Rashitjon Qodirov ustidan ochilgan jinoiy ish doirasida “juda ko‘p miqdorda pora olish, boshqa mansabdorlik jinoyatlarini sodir etganlik holatlari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.”

Mirag‘lam Mirzaev va uning yaqinlari

Uzoq yillar rasman Toshkent shahar prokurorining 1-o‘rinbosari lavozimida ishlaganiga qaramay¸ amalda butun prokuratura tizimini boshqaruvchi “o‘zgarmas va qudratli” shaxs sifatida nom chiqargan Mirag‘lam Mirzaev (laqabi "Antibiotik") prezident Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 9 fevral kungi selektor yig‘ilishida IIV va prokuratura tizimlarini tanqid qilganidan bir necha kun o‘tib ishdan olingan edi.

Mirzaevning xotini Muhabbat Hasanova (laqabi "Kardinal")¸ “Yunusobod advokatlar kollegiyasi”ni boshqargan¸ MXXning sobiq raisi¸ general Rustam Inoyatovning xotini Flora Inoyatovaning yaqin do‘sti va qarindoshidir.

Mirzaevlarning o‘g‘li Abdurashid Mirzaev MXXning Toshkent shahar boshqarmasi huzuridagi Terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘linmasini boshqargan.

Mirag‘lam Mirzaevning ukasi Mira’zam Mirzaevning o‘g‘li Mansur Mirzaev (laqabi "Malish") MXXning Toshkent viloyat boshqarmasi huzuridagi Terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘linmasini boshqargan.

Toshkent mulozimlari¸ qolaversa Ozodlikka o‘z hikoyasini aytib berayotgan tadbirkorlar MXX sobiq raisi Inoyatov qanoti ostida ish yuritgan Mirzaevlar sulolasining uzoq yillar davomida MXX¸ IIV¸ prokuratura va hokimiyat amaldorlarini terrorda ushlab¸ ulardan muntazam pora talab qilib kelganlik barobarida¸ ishi yurishgan tadbirkorlarni ayovsiz qaqshatib kelganini iddao qilishadi.

Mirag‘lam Mirzaev va oilasi yopiq hayot kechirgani bois¸ ularning biror bir fotosuratini hozircha ochiq manbalardan topishning imkoni bo‘lmadi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG