Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:26

Samarqandning qadimiy ko‘chasidagi yo‘q uylarning eng yuqori qavati sotuvga qo‘yildi


Samarqanddagi "yo‘q" uy surati
Samarqanddagi "yo‘q" uy surati

19 iyun kuni Samarqand viloyat sudining navbatdagi mahkamasi shaharning Mironshoh¸ Pushkin va Navoiy ko‘chalaridagi uy egalari va Madaniyat vazirligining Max Real Stroy Invest qurilish shirkatiga qarshi da’vo arizasini ko‘rib chiqdi. Da’vogarlar ayni shirkatning YUNESKO himoyasida bo‘lgan ko‘chada qonunga zid bino qurishda ayblashdi. Sud vakili Ozodlik bilan 20 iyundagi suhbatda mahkama tugagunga qadar¸ ayni ko‘chalardagi qurilishlarni muzlatib qo‘yish haqida ajrim chiqarilganini aytdi.

Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Abdullaevning Ozodlikka 19 iyun kuni ma’lum qilishicha¸ Samarqandning "Yevropa" qismi deya YUNESKO YUNESKO tarafidan Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Pushkin ko‘chasida qurilish ishlari to‘xtatilgan. Samarqand shahar hokimiyati shaharning Yevropa arxitekturasi namunalari joylashgan qismida ko‘p qavatli binolar qurish loyihasidan voz kechgan.

Mahalliy bloger Murat Sarsenovning Ozodlikka 20 iyun kuni ma’lum qilishicha¸ sud ajrimi va hokimiyat qaroriga zid tarzda Max Real Stroy Invest qurilish shirkati Pushkin ko‘chasidagi hali qurilmagan uylarning yettinchi qavatini sotuvga chiqargan:

-Barcha qonuniy cheklovlarni aylanib o‘tib ular hali qurilmagan va qurilishi taqiqlangan uylarni 18 iyun kuni ham savdoga chiqarishdi. Ular sotmoqchi bo‘lgan va faqat kotlovani qazilgan uy aslida yo‘q. Bu ko‘chadagi tarixiy binoni buzib kotlavan kavlagan Max Real Stroy Invest qurilish shirkatiga nisbatan O‘zbekiston Madaniyat vazirligi da’vosi asosida ish ochilgan. Ammo shirkat egasi Toshkentdagi akaxonlariga ishonib YUNESKO ro‘yxatini ham pisand qilmayapti¸ sud ajrimini ham - dedi u.

Murat Sarsenov Ozodlikka Pushkin ko‘chasidagi uy sotuvga qo‘yilgani haqidagi hujjatni ham taqdim qildi.

Max Real Stroy Invest qurilish shirkatining o‘zini tanishtirmagan vakili Ozodlik bilan 20 iyun kungi suhbatda Pushkin ko‘chasidagi inshootda sudning uzil kesil qaror chiqmagunga qadar qurilish ishlari to‘xtatilganini aytdi.

Ammo u hali yo‘q uylarning nega sotilayotganiga izoh bermadi.

Mahalliy bloger Murad Sarsenov esa YUNESKO ro‘yxatiga kirgan Samarqandning Yevropa qismida 20 iyun kuni ham qurilish ishlari davom etayotganligini aytdi:

- Bugun mana o‘z ko‘zim bilan ko‘rib keldim. Pushkin ko‘chasida barcha qurilish ishlari to‘xtatilgan, degan gap - noto‘g‘ri. Sud yoki hokimiyat vakili kelsa ishni to‘xtatishyapti¸ lekin ular ketgandan keyin yana ish boshlanayapti¸ - dedi bloger.

Ayni ko‘chada yashovchi Shahnoza Sharipovaning Ozodlika aytishicha¸ Samarqanddagi mahalliy hokimiyat Madaniyat vazirligi komissiyasini aylanib o‘tib, qurilishga “dobro” berga:

- Bizning o‘zimiz uyimizni ta’mirlashimiz uchun 18 kishilik komissiyadan izn olishimiz kerak. Lekin bu shirkat shaharning qadimiy qismida bemalol ekskavator bilan yer qazyapti¸ borib so‘rasak, hokimiyat ruxsat berdi dedi¸ - deydi Shahnoza Sharipova.

Qonunga zid

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi Madaniy meros boshqarmasi mulozimining Ozodlikka aytishicha¸ Max Real Stroy Invest shirkati 1995 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga zid tarzda bino qurmoqda.

"Bino qurilishidan oldin shirkat kerakli tashkilotlarga madaniy sferaga uyg‘un imorat qurishi haqidagi biznes taklifni berishi kerak edi. Bunday biznes taklif berilmagan. Pushkin ko‘chasi 19-uy buzilishi haqida kerakli instansiyalar tarafidan kelishilmagan. Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish hududida uy qurib¸ sotmoqchi bo‘lgan bu shirkat barcha mavjud qoidalarni buzdi¸" deydi ismi ochiqlanmasligini istagan mulozim.

435-sonli qaror

YUNESKO tarafidan 2001 yilda “Samarqand madaniyatlar chorrahasi” degan nom ostida qo‘riqlanishi shart bo‘lgan obidalar buzilib, o‘rniga kotlovan qazilayotgan bir paytda Vazirlar Mahkamasi “YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasidagi hududlarni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 435-sonli qarorni qabul qildi.

Qarorda “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” ob’ekti muhofazasi kuchaytirilishi zarurligi ta’kidlanadi.

2018 yilning 9 iyunida qabul qilingan qarorga ko‘ra¸ qurilish va obodonlashtirish loyihasi YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan avvaldan kelishilmagan bo‘lsa¸ bunday qurilishlar Umumjahon merosi markazi tomonidan ma’qullangunga qadar to‘xtatiladi.

XS
SM
MD
LG