Линклар

Шошилинч хабар
13 ноябр 2019, Тошкент вақти: 01:48

Hindistonning Kobuldagi elchixonasi hindu va sikhlarga uyushtirilgan hujumni qoraladi


Sikh Avtar Singh Xalsa Afg‘onistonda ro‘y bergan 1 iyuldagi hujum qurboni bo‘ldi. 

Hindistonning Kobuldagi elchixonasi xudkush Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyatida bir guruh hindu va sikhlarni nishonga olgan qonli hujumni qoralab chiqdi.

Ushbu hujum xalqaro terrorchilikka qarshi global miqyosda bir yoqadan bosh chiqarib kurashish hamda uni qo‘llab-quvvatlovchilarni javobgarlikka tortish zarurligini taqozo etmoqda, − deyiladi Hindiston elchixonasi bayonotida.

Elchixona 1 iyul kuni 20 kishining boshiga yetgan xudkushlik hujumidan so‘ng Tvitter orqali ana shunday bayonot tarqatdi.

Afg‘on rasmiylariga ko‘ra, xudkush bombachi Nangarhor viloyati markazi Jalolobod shahrida Afg‘oniston prezidentini kutib olish uchun chiqayotgan hindu va sikhlar guruhini nishonga olgan.

Nangarhar viloyati politsiya xizmati rahbari G‘ulom Sanayi ushbu hujum haqida shunday dedi:

O‘ldirilganlarning ko‘pchiligi kamsonli Sikh elatiga mansub keksa kishilar bo‘lib chiqdi. Ular mamlakat prezidenti bilan uchrashuvga ketayotgan paytda qo‘qqisdan terrorchi hujumiga uchradi.

Viloyat sog‘liqni saqlash xizmati vakillari bergan ma’lumotda aytilishicha, qurbon bo‘lgan 20 kishining 17 nafari kamsonli hindu va sikh elatlariga mansub kishilar bo‘lgan.

Elchixona xodimlari o‘lganlardan biri viloyatdagi sikh elatining ko‘pyillik rahbari Avtar Singh Xalsa ekanini tasdiqladi.

U oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan parlament sayloviga nomzodini qo‘yishni rejalashtirayotgan edi.

Mintaqada faol bo‘lgan Islom davlati (ID) ekstremistlar tashkiloti ushbu hujum uchun mas’uliyatni zimmasiga oldi.

Hujum vaqtida yana 20 kishi jarohatlandi va ular Jalolobod shahridagi shifoxonada davolanmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, ayrim yaradorlarning ahvoli o‘ta og‘ir.

Ashraf G‘anining matbuot kotibi u hali ham Nangarhar viloyatida, lekin “xatardan holi” ekanini aytdi.

Ozodlik muxbirlari bomba portlagandan so‘ng politsiya shahar markazini o‘rab olgani va ayrim do‘konlar o‘t ichida qolganini xabar qildi.

Bu viloyatda so‘nggi bir kecha-kunduzda ro‘y bergan ikkinchi hujumdir.

30 iyunda jangarilar Hogyani tumanidagi o‘g‘il bolalar maktabiga hujum uyushtirib, 3 kishini kallasini kesib, maktab binosiga o‘t qo‘yib yuborgan edi.

Hujumlar Afg‘oniston hukumat qo‘shinlariga Tolibon jangarilariga qarshi harbiy amaliyotlarni davom ettirish to‘g‘risida buyruq berilgandan so‘ng sodir bo‘ldi. Ramazon oyida rasmiy Kobul “Tolibon”ga nisbatan bir tomonlama otashkesim e’lon qilgan edi.

Garchi Ashraf G‘ani 18 kun davom etgan otashkesimni bekor qilgan bo‘lsa-da, Tolibon harakatini tinchlik muzokaralarida qatnashishga da’vat etib kelmoqda.

AQSh vakili Elays Uells tinchlik muzokarasida qatnashishi uchun Tolibon harakatiga bosim o‘tkazish maqsadida Kobulga keldi.

U 2 iyulda Pokistonga borib, rasmiy Islomobod bilan shu masalada muzokara o‘tkazmoqchi.

XS
SM
MD
LG