Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:48

Zokir Aliev: Meni 159 da ayblab, 60 dollarlik jarima bilan chiqarib yuborishdi!


O‘zbekiston sudi tomonidan mamlakat konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilganlikda aybdor deb topilgan AQSh fuqarosi Zokir Aliev Ozodlik bilan suhbatda sud hukmiga e’tirozi yo‘qligi, bu bo‘yicha yuqori instansiyaga arz qilish niyati yo‘qligini bildirdi.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:48 0:00
Бевосита линк

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi​ Alievni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi 1 qismi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va 244-2-moddasi 1 qismida (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblab, eng kam oylik ish haqining 600 barobari miqdorida jarima jazosi tayinladi.

Ayni paytda¸ sud “insonparvarlik va adolat” tamoyillaridan kelib chiqib¸ sudlanuvchining keyingi 18 yil davomida jinoiy faoliyat bilan boshqa shug‘ullanmaganligini inobatga olib¸ Alievga jinoyat sodir etilgan paytdagi eng kam ish haqining 600 baravari miqdorida jarima to‘lash jazosi tayinlagan. Bu jarima miqdori¸ Alievga ko‘ra¸ 1 million 50 ming so‘mni tashkil etgan.

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi bergan viza asosida iyun oyi boshida yaqinlarini ko‘rish uchun O‘zbekistonga kelgan Aliev¸ 16 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan¸ ammo 22 iyun kuni ozodlikka chiqarilgan edi.

Bu voqea yuzasidan DXX e’lon qilgan rasmiy baënotda¸ “O‘zbekiston islom harakati”ning boshqa a’zolari bergan ko‘rsatmalarga asosan, diniy-ekstremistik va terroristik faoliyatni amalga oshirgani uchun 2005 yilda DXX tergov bo‘limlari tomonidan Z. Alievga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159, 223 va 2442-moddalari bo‘yicha 646-sonli jinoiy ish qo‘zg‘atilgan”i xabar qilingan edi.

XS
SM
MD
LG