Линклар

Шошилинч хабар
24 сентябр 2018, Тошкент вақти: 14:50

AQSh Davlat departamenti va YeXHT Moskva sudining "Ozodlik"ka nisbatan hukmini qoraladi


UKRAINE - Radio Free Europe / Radio Liberty logo, 15May2018

AQSh Davlat departamenti Rossiya hukumatini "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonun bilan mustaqil jurnalistlarga bosim o‘tkazayotganlikda aybladi.

Departament vakili Xizer Noyert Rossiya hukumati ushbu qonunni ataylab "Amerika ovozi" va "Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi" jurnalistlariga qarshi ishlatayotganlikda aybladi.

Noyretning ushbu bayonoti Moskva shahar sudining "Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi" byurosini jarimaga tortish haqidagi hukmi ortidan yangradi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir ham Moskva shahar sudining "Ozod Evropa/Ozodlik radiosi"ga qarshi chiqargan qarorini tanqid qilgan.

"Xorijiy agentlar" haqidagi qonun Rossiyada matbuot erkinligi maydonini toraytirmoqda", - dedi Dezir.

AQShning Radioeshittirishlar bo‘yicha boshqaruv kengashi ijrochi direktori Jon Lensing Moskva shahar sudi qarorini mustaqil matbuotga qilingan hujum deb atadi.

Moskva sudi 5 iyul kuni Ozodlik radiosi rus xizmatini “xorij agenti” to‘g‘risidagi qonunga amal qilmaganlikda ayblab, jarimaga tortdi.

Moskva shahar Tver tuman sudi qaroriga asosan Ozodlik radiosi rus xizmati yuz ming rubl miqdorida jarima to‘lashi shart.

Sudda bildirilishicha, agar radio bu qonun talabini yana buzadigan bo‘lsa jinoyat ishi ochilishi va radioning Rossiyadagi faoliyati taqiqlanishi mumkin.

Ozodlik radiosi advokatlari sudda Adliya vazirligiga bir necha marotaba “xorij agenti” to‘g‘risidagi qonun talablariga amal qilish jarayoni yuzasidan tushuntirish so‘rab murojaat qilganini, bu boradagi barcha hujjatlarni tayyorlab taqdim etganini, biroq Adliya vazirligi bu murojaatlarni e’tiborsiz qoldirganini bildirdilar. Sud bu e’tirozlarni e’tiborga olmadi.

XS
SM
MD
LG