Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:32

Obama: G‘alati va notayin vaqtda yashayapmiz...


AQShning eks-prezidenti Barak Obama 17 iyul kuni Janubiy Afrika respublikasining ilk qora tanli prezidenti Nelson Mandelani xotirlash marosimida nutq so‘zladi va dunyo “g‘alati va notayin zamon”ga qadam qo‘yganidan ogohlantirdi. Bu Donald Trampga yashirin hujum ekanini payqab olish qiyin emas.

Obama Trampning otini ochiq atamadi, biroq “qo‘rquv va norozilik” siyosati keng yoyilayotganidan ogohlantirdi. Unga ko‘ra, bunga rahbarlarning haqiqatdan nafratlanib, “uyalmay-netmay” yolg‘on gapirishi sabab bo‘lmoqda.

U ayrimlar iqlim o‘zgarayotganini tan olmayotganini, irqqa asoslangan migratsiya siyosatini, jilovsiz kapitalizm va “zamon zo‘rniki” siyosatini keskin tanqid qildi. Ayni jihatlar ziddiyatlarga to‘la Tramp prezidentligining alohida belgilari hisoblanadi.

‒ Biz yashab turgan g‘alati va betayin vaqtni, har kuni xavotirli xabarlar tarqalayotganini hisobga olib, men bir lahza ortga chekinib, kelajakka boqishni ma’qul deb bildim, ‒ deya nutqini boshladi Obama.

Obama Yohannesburg shahridagi kriket stadionida Nelson Mandela tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirga yig‘ilgan 10 ming kishi oldida ma’ruza qildi.

‒ Hukumatlar va ta’sir kuchiga ega a’yonlarning omadsizligi sabab... dunyoning aksariyat qismiga biznes yuritishning eski, xavfli va shafqatsiz usullariga qaytish tahdid solmoqda, ‒ dedi Obama.

U migratsiya masalasida Tramp siyosatini tanqid ostiga oldi: “milliy chegara muhim ahamiyatga ega ekani to‘g‘ri... ammo irq, millat yoki dinga asoslangan immigratsiya siyosatini oqlab bo‘lmaydi”.

U iqlim o‘zgarishi masalasida Tramp va yana boshqa amerikalik konservatorlarning ilmiy jihatdan isbotlangan narsalarga shubha bilan qarayotganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini aytdi.

Obamaning ma’ruzasi Mandelaning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlandi. Bu kun - 18 iyul - butun dunyoda nishonlanadi.

Obama 2017 yili Oq Uydan ketgandan beri jamoatchilik oldiga kamdan-kam hollarda chiqadi. Ammo har doim Mandelani o‘zini bir umr ilhomlantirgan kishi sifatida ta’riflab keladi.

Ular ikkalasi ham o‘z mamlakatlarining ilk qora tanli prezidentlari bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG