Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2021, Тошкент вақти: 10:36

Qashqadaryodagi anhorda ikki kunda ikki inson oyoqlari topildi


Chiroqchi tumani markazi (illyustrativ surat)

Qashqadaryo viloyat, Chiroqchi tuman, G‘allachi qishlog‘i hududidan o‘tgan “Eski anhor” kanalidan 2 va 3 iyul kunlari ikki inson tanasidan uzilgan uchta oyoq topilgan.

Bu haqda Ozodlikka o‘zini "Chiroqchi tuman Ichi ishlar bo‘limi xodimi", deb tanishtirgan shaxs ismi sir qolish sharti bilan 23 iyulda ma’lum qildi.

Huquq-tartibot organlaridan birining Respublika miqyosidagi idorasi mazkur holat yuzasidan tergov oldi tekshiruvlari olib borilayotganini bildirdi.

O‘zini "Chiroqchi tuman Ichi ishlar bo‘limi xodimi", deb tanishtirgan shaxs xabarining isboti sifatida Chiroqchi tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan viloyat IIB rahbariga alohida-alohida yo‘llangan ikki ma’lumotnoma nusxasini Telegram messenjeri orqali yo‘lladi.

Ma’lumotnomalarda "Eski anhor" kanalida topilgan tana a’zolari kimga tegishli ekani va va o‘lim sababini aniqlash uchun viloyat Sud-tibbyot ekpertizasi (STE) byurosiga yuborilgani bildirilgan.

Birinchi ma’lumotnomada bildirilishicha, 2 iyul tushlik payti Chiroqchi tuman IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, tumanning Ko‘ktosh qishlog‘idan oqib o‘tuvchi "Eski anhor" kanalidan "inson tanasi o‘ng oyoq qismi uzilgan, shishib ketgan va tanasi yo‘q holatda topilgan".

Chiroqchi tuman IIB boshlig‘i ma’lumotnomasi
Chiroqchi tuman IIB boshlig‘i ma’lumotnomasi

Ikkinchi ma’lumotnomada esa oradan bir kun o‘tib ayni kanaldan “noma’lum inson ikkala oyoq qismi tanasida yo‘q, qorayib ketgan holatda topilgan”i xabar qilingan.

Qashqadaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’uli Ozodlikka topilgan tana a’zolari yuzasidan viloyat STE byurosiga murojaat qilishni tavsiya qildi.

STE byurosi boshlig‘i Zebo Ro‘zieva topilgan tanalar kimga tegishli ekani hozirgacha aniqlanmaganini tasdiqladi, biroq qo‘shimcha ma’lumot bera olmasligini bildirish bilan cheklandi.

- Ekspertiza "tergov siri" degan statya bilan ogohlantirilganmiz. Uzr, men sizga ma’lumot bera olmayman. Tergovchisi bilan gaplashing, - dedi Zebo Ro‘zieva.

23 iyul kuni Chiroqchi tumani IIB navbatchisi Ozodlikka mazkur holatlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot bera olmasligini aytdi.

Ammo, o‘zini "Chiroqchi tumani IIB xodimi" deya tanishtirgan shaxsga ko‘ra, 2 iyulda topilgan bitta oyoq va 3 iyulda topilgan ikkita oyoq ham "ayol kishilarga tegishli"dir.

"Lekin shu kunga qadar ayol kishilarniyu oyog‘i deb, hech joyda aytilmayapti. Va ushbu holat yuzasidan hech qanday tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmayapti," deb yozdi u.

Uning ta’kidlashicha, "bu holatda qotillik jinoyati alomati bor, ammo buni huquq idoralari "tabiy ofat" deb, yashirib kelmoqda".

Huquq-tartibot organlaridan birining Respublika miqyosidagi idorasi mazkur holat yuzasidan tergov oldi tekshiruvlari olib borilayotganini bildirdi. "Bu holat yuzasidan tergovoldi tekshiruvi olib borilmoqda, jinoyat alomatlari bor yoki yo‘kligi fakti tekshirilmoqda" deyilgan bildiruvda. Hujjat davomida aytilishicha, shaxslarni "identifikatsiya qilish maqsadida DNK ekpertizalari tayinlangan, ularning natijasi assida bir qancha versiyalar tekshiriladi va holat oydinlashadi".

XS
SM
MD
LG