Линклар

Шошилинч хабар
21 январ 2021, Тошкент вақти: 17:17

Rossiyada o‘ldirilgan 5 yashar Huvaydo Ko‘lobda dafn etildi


Janubiy Tojikistondagi Ko‘lob shahrida Rossiyada avval zo‘rlanib, so‘ngra o‘ldirilgan besh yashar Huvaydo Tillozoda bobo va buvisining yonida tuproqqa qo‘yildi.

Tojik qizalog‘i Huvaydoning jasadi 23 iyul kuni ertalab Moskva viloyatining Serpuxovo shahrida temir yo‘l stansiyasi yaqinida topilgandi.

Huvaydoning tobuti 25 iyul kuni tongda "Tojik Eyr" shirkati uchog‘ida Moskvadan Dushanbega keltirildi.

Huvaydoning onasi Gulnora Sharipova ko‘z yosh to‘kib, farzandlari bilan avgust oyida Rossiyadan Tojikistonga butunlay qaytish niyatida ekanini aytdi.

Ozodlik besh yoshli Xuvaydo 22 iyul kuni oilasi bilan istiqomat qiladigan uyning hovlisida sayr qilib yurgan payti g‘oyib bo‘lgani haqida xabar qilgandi.

Зўрлаб ўлдирилган 5 яшар Ҳувайдо қотили қўлга олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:31 0:00

Ichki ishlar xodimlari oradan bir kun o‘tib Huvaydo jasadini hovli yaqinidagi temiryo‘l bo‘yiga qo‘yib ketilgan sport sumkasi ichida topildi.

Sud-tibbiyot ekspertizasining ma’lum qilishicha, avvaliga qizning nomusi bulg‘angan, so‘ng pichoq zarbi bilan o‘ldirilgan.

Huvaydoning onasi Gulnora Sharipova qizalog‘i uy hayvonlarini juda yaxshi ko‘rgani, qotil ham itchani ko‘rsatib, uni hayvoncha orqali uni qo‘lga olgan.

- Qizim soat to‘rtlarda uyimiz oldida yuqolib qoldi. U hayvonlarni yaxshi ko‘rardi. Itlar bilan o‘ynardi. O‘sha kuni qizim itga ergashib, uyning orqasiga ketgan ekan. O‘sha yerda bu mudhish hodisa yuz bergan - deydi Gulnora Sharipova.​

Serpuxovo shahar sudi qaroriga bilan jinoyatni sodir etganlikda gumonlangan 28 yashar Aleksandr Syomin qo‘lga olindi.

Mahalliy militsiyaning ma’lum qilishicha, qo‘shni uyda yashagan Aleksand Syomin kvartirasidan qizaloqning oyoq kiyimi va barmoq izlari topilgan.

Aleksandr Syomin qo‘lga olingan paytda bayonot berishdan bosh tortib, o‘z advokati oldida "bu jinoyatni sodir etmaganman" deb aytgan.

Huvaydoning otasi Abdusalom Saidov Tojikiston rasmiylari va xalqaro hamjamiyatini bunday "shafqatsiz qotillik"ka befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.

-Tergov adolatli o‘tkazilishi kerak. Allaqachon "Syomin ruhiy xastalikka mubtalo" degan gaplar ham chiqayapti. Agar "psix" bo‘​lsa, qayday qilib armiyada xizmat qilgan? Borib ko‘raman, tergov qanday bo‘ladi, sud qanday o‘tadi, - dedi Abdusalom Saidov Ozodlik bilan suhbatda.

U dafn marosimi o‘tkazib yana Rossiyaga qaytish niyatida ekanini aytdi.

- Besh yoshli qizaloqning nima gunohi bor edi? Nega u vahshiylarcha o‘ldirilgan? - dedi Abdusalom Saidov.

Yaqinlariga ko‘ra, oilada ikkinchi farzand bo‘lgan Huvaydo Rossiyada bolalar bog‘chasiga borardi va rus tilini yaxshi bilardi.

U begona odam bilan yolg‘iz qolish mumkin emasligini yaxshi bilardi.

Huvaydoning ota-onasi kambag‘allik va ishsizlik bois 10 yil oldin ishlash uchun Rossiyaga ketdi.

Abdusalom farzandlarini ham Rossiyaga olib borgandi.

Rossiyada qurilishda ishlab, oila tebratardi.

U sevimli qizalog‘idan ajralib qolishini hech tasavvur qilmaganini aytadi.

Tojikiston tashqi ishlar vazirligi 24 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirligiga nota yuborib, "yosh bolaga nisbatan amalga oshirilgan yovuz jinoyatni diqqat bilan tergov qilish va noinsoniy amalga qo‘l urgan jinoyatchiga nisbatan shafqatsiz jazo berish"ni so‘radi.

XS
SM
MD
LG