Линклар

Шошилинч хабар
12 декабр 2018, Тошкент вақти: 23:55

Manzil koloniya mahkumi: davolanishim uchun oilam 5 million so‘m sarfladi


Illyustrativ surat

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi 64/69-sonli manzil koloniyada saqlanayotgan 51 yashar mahkum Qutbillo Ikromov prezident Mirziyoev boshlagan jazoni liberallashtirish siyosatini bois, ozodlikka umid qilayotganini bildirdi.

OzodMikrofonga bog‘langan Ikromovning aytishicha, 2008 yilda JKning 117, 223, 182 va 242-moddalari asosida jinoiy guruh tarkibida qo‘shni Qirg‘izistondan tovar-mahsulotlarni noqnuniy olib o‘tish va sotishda ayblanib, 15 yilga qamalgan.

Jazoning 10 yilini turma, 5 yilini manzil koloniyada o‘tashga mahkum Ikromov, aslida, noqonuniy tovarlar kontrabandasi bilan shug‘ullanmagani, faqatgina, shu ish bilan shug‘ullanishda ayblanganlarning pulini tashib bergan oddiy taksichi bo‘lganini da’vo qilmoqda.

- 2008 yilda qamalganman. Aslida men oddiy taksichi bo‘lganman, menga kelib, savdogar bolalar pulimizni Andijonga olib borib bering, deyishgan. Qanchaliginiyam bilmaganman va oborib berganman. 4 kundan keyin kelib, uyimizni bosishdi va 15 yilga qamab yuborishdi, - deb aybsizligini da’vo qildi Ikromov.

Prezident Mirziyoev hokimiyatga kelib, chegaralar ochilib, qo‘shni davlatlar bilan savdo-sotiq qayta yo‘lga qo‘yilgach, Qutbillo Ikromov, unga qo‘yilgan ayblov o‘z mazmunini yo‘qotgan, deb bilishini aytdi va jazoning qolgan muddatidan ozod qilinishiga umid bildirdi.

Uning aytishicha, oilasi, xususan, 80 yoshga kirgan onasining bu borada respublikaning vakolatli organlariga qilgan murojaatlariga hanuz aniq javob berilmagan.

Uning murojaatiga quloq tutarkan muxbir, ayni paytda u jazo muddatini o‘tayotgan 64/69-sonli manzil-koloniyadagi sharoit haqida ham savollar berdi.

Suhbat asnosida Qutbillo Ikromov yaqinda 25 kun davolangani va buning uchun mablag‘ni oilasi sarflaganini aytdi.

Quyida Qutbillo Ikromov bilan suhbatni tinglang:

Манзил колония маҳбуси: Даволанишим учун оилам 5 млн. сўм сарфлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:35 0:00
Бевосита линк

Bu suhbatdan so‘ng Ozodlik muxbiri O‘zbekiston Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasiga (JIEBB) bog‘lanib, manzil-koloniyadagi mahbuslarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat va moddiy ta’minot tartibi bilan qiziqdi.

Boshqarma xodimining mikrofonsiz suhbatda aytishicha, manzil-koloniyadagi mahbuslarga ko‘rsatilgan tibbiy xizmat uchun pul davlat byudjetidan ajratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi belgilagan ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib QOIDALARI 375, 376-bandlarida:

​"375. Manzil-koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlarni ixtisoslashgan statsionar asosida davolash davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida amalga oshiriladi. 376. Mahkumlarning tibbiy-sanitariya ta’minoti respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi"​, deb belgilangan.

JIEBB vakili Qutbillo Ikromovning yaqinlariga tegishli tartibda boshqarmaga murojaat qilsa, holatga aniqlik kiritilishini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG