Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 14:51

OzodNazarPlus: “Qirg‘izistonda OTMga qabul jarayonida korrupsiya mutlaqo tugatilgan”


Har holda, Bishkekdagi muxbirimiz Elmurodning fikri shunday. (Sarlavhaga qarang) Taniqli publitsist Sharof Ubaydullaev o‘zining 2 avgust kungi OzodNazarida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishning joriy usulini, yumshoqroq aytganda, tanqid qilgan edi.

Aftidan, bu usuldan ko‘ngli to‘lmayotgan birgina Sharof Ubaydullaev emas. Masalan, shu kunda jamoatchilik murojaatlari muhokamaga qo‘yiladigan “Mening fikrim” portalida yagona davlat testini joriy etish taklifi muhokama qilinmoqda.

Taklif mualliflari bunday yozgan:

“Bu g‘oyaning vazifasi shundaki, imtihon bir vaqtda bo‘ladi va o‘sha imtihonga kirmoqchi bo‘lgan abiturientlar bir emas, birdan 3-4 oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishlari mumkin bo‘ladi. Bu yerda test ballari abiturient tanlagan qaysi oliy ta’lim muassasasi ballariga tenglashsa, o‘sha ta’lim muassasasiga kiradi. Bu tizim xorijda, ayniqsa, Rossiya Federatsiyasida sinovdan o‘tgan. Yagona davlat testlarining ko‘plab ijobiy tomonlari bor”, deyiladi murojaatda.

Muxbirimiz Elmuroddan Qirg‘izistonda oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayoni qanday yo‘lga qo‘yilgani to‘g‘risida aytib berishni so‘radik.

“Қирғизистонда олийгоҳларга қабул жараёнида коррупция мутлақо тугатилган”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:22:53 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG