Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:30

“Bolqon chizig‘i” filmi Kreml siyosatini qo‘llash uchun ishlanmoqda


Vladimir Putin "Harbiy xizmatlari uchun" ordenini bermoqda. Prishtina, 2001 yil
Vladimir Putin "Harbiy xizmatlari uchun" ordenini bermoqda. Prishtina, 2001 yil

Rossiya kinokompaniyasi ushbu mamlakatning 20 yilcha avval Bolqon mojarosiga aralashib qolgani haqida badiiy film ishlamoqda. Sababi, Kreml G‘arb tuzilmalariga kirishga intilayotgan Serbiyaga nisbatan o‘z ta’sirini saqlab qolish va uni mustahkamlash uchun tirishmoqda.

2019 yili iyun oyida katta ekranga chiqishi kutilayotgan va “qahramonlik dramasi” deb atalayotgan film “Bolqon chizig‘i” deb nomlanadi.

U 1999 yil iyunida Rossiyaning desantchilar batalyoni bilan NATO qo‘shinlari o‘rtasida Kosovodagi Prishtina aeroportining Slatina harbiy havo bazasida ro‘y bergan qarama-qarshilik haqidadir. O‘sha voqealar filmda badiiy talqin qilinadi.

Ekspertlar ayni paytda Serbiya jamiyatida Rossiya siyosatini qo‘llab-quvvatlovchilar ortib borayotganini, ayrim davlat xizmatchilari “rus g‘oyasi targ‘ibotchisi”ga aylanayotganini aytmoqda.

Bunga Rossiya Kosovo masalasida Serbiyaning yonini olayotgani, ruslarning ham, serblarning ham xristian dinining pravoslav yo‘nalishiga e’tiqod qilishi sabab bo‘layotgan bo‘lishi ham mumkin.

Andrey Volgin rejissyori bo‘lgan hamda Yuriy Kutsenko, Anton Pampushniy va Goyko Mitich singari taniqli aktyorlar rol o‘ynayotgan filmga Serbiya va Rossiya madaniyat vazirliklari homiylik qilmoqda.

Bir qismi Qrimda tasvirga olingan film hozirning o‘zidayoq Bolqon yarim orolida qiziqish uyg‘otdi.

Bosniyada tug‘ilgan mashhur serb kinorejissyori Emir Kusturitsa filmga tasvirga olinayotgan joyga bordi va ko‘pchilikni hayron qoldirdi.

Ayni damda “Ukraina dushmanlari” bo‘lgan kishilarning shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etib boradigan “Mirotvorets” vebsayti loyihada ishtirok etgan serblarning ismlarini e’lon qildi.

Vebsayt egalari ularni Rossiyaning Qrimni bosib olishini qonuniylashtirish yuzasidan targ‘ibot ishlarida qatnashishda ayblamoqda.

XS
SM
MD
LG