Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:08

Pompeo AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni tiklajayagini ma’lum qildi


Eron 7 avgustdan boshlab AQSh dollarini sotib olish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Eron 7 avgustdan boshlab AQSh dollarini sotib olish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Eronga qarshi yangi sanksiyalar majmuasi nimalardan iborat ekanini 6 avgust kuni ochiqlamoqchi. Unda valyutaga oid cheklovlar ro‘yxatning boshida bo‘ladi.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar “sanksiyalarni kuchaytirmoqchi”.

Prezident Donald Tramp may oyida Eron yadro dasturi yuzasidan oltita mamlakat bilan imzolagan bitimdan chiqqani ma’lum qilgan edi.

Pompeo Singapurda bo‘lib o‘tgan ASEAN sammitidan Vashingtonga qaytayotib, Oq Uy 6 avgust kuni sanksiya tafsilotlarini ochiqlashini bildirdi.

AQSh rasmiylari esa qayta qo‘llanayotgan sanksiyalarga asosan, Eron 7 avgustdan boshlab AQSh dollarini sotib olish huquqidan mahrum bo‘lishini aytdi. Sanksiyalar Eron sanoati, jumladan, gilam eksportini ham qamrab oladi.

So‘nggi oylarda Eronning iqtisodiy ahvoli keskin yomonlashdi. AQSh sanksiyalarining qayta qo‘llanishi va iqtisodiy qiyinchiliklar kuchayishidan qo‘rqqan kishilar norozilik namoyishlariga chiqa boshladi.

Ayniqsa, AQShning valyuta almashuv amaliyotini cheklashi haqidagi gap-so‘zlardan so‘ng Eron rialining narxi keskin tushib ketdi.

Eron televideniesi 5 avgust kuni hukumat rialning yanada qadrsizlinishi oldini olish uchun chet el valyutasini almashtirish qoidalarini o‘zgartirmoqchi ekani xususida bayonot berdi. Rial apreldan beri taxminan 50 foiz qadrini yo‘qotdi.

O‘sha kuni Eron hokimiyat idoralari mamlakat Markaziy banki boshqaruvchisi o‘rinbosari, valyuta almashtirish masalalariga mas’ul Ahmad Arag‘chini hibsga oldi. U iqtisodiy jinoyatlar sodir etganlikda ayblanmoqda.

2015 yili yadro dasturi bo‘yicha imzolangan bitim Eronga uzoq yillardan beri qo‘llanib kelayotgan sanksiyalardan birmuncha yengillik bergan edi. Ammo AQSh may oyida bitimdan bir tomonlama chiqib ketdi va Tramp buning uchun Eronni bitim ruhiga amal qilmayotganlikda aybladi. U 30 iyul kuni esa Eron prezidenti bilan “oldindan hech bir shart qo‘ymay” uchrashishga tayyor ekanini aytdi.

Oradan bir kun o‘tib, Eron Tashqi ishlar vazirligi Trampning taklifini rad etdi hamda bunday muzokara “bir pulga qimmat ekani”ni va “tahqir”dan boshqa narsa emasligini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG