Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:04

Tojikistonda Internet tarmoqlarida terrorizmni oqlaganlarga jazo kuchaytilidi


Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon "terrorizmni ommaviy tarzda oqlash va qo‘llab-quvvatlash" to‘g‘risidagi mamlakat Jinoyat Kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishni imzoladi. Bu haqda Tojikiston prezidentning matbuot markazi 4 avgust kuni xabar berdi. Ushbu jinoyat uchun 10 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Tojikiston Jinoyat kodeksiga "terrorizmni ommaviy tarzda oqlash va Internetning ijtimoiy tarmoqlarida qo‘llab-quvvatlash" haqidagi o‘zgartirish joriy yil 13 iyun kuni mamlakat parlamentining quyi palatasi tomonidan qabul qilingandi.

Jinoyat kodeksining 170 moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘rga, Internet tarmoqlarida ekstremizm va terrorizmni oqlab, qo‘llab-quvvatlaganlarga jazo kuchaytirilgan.

Jumladan, "Vayber, Votsap, Istagram, Odnoklassniki va boshqa qator ijtimoiy tarmoqlar terroristik amallarni oqlash va targ‘ib qilish jinoyat hisoblanadi".

Oldin ham Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlardagi terrorizm va noqonuniy tashkilotlarga oid materiallarga "Like" va "Klass" bosgan va bu materiallarni boshqalarga yuborgan shaxslarga nisbatan "terrorizmni ommaviy ravishda oqlash" ayblovi bilan jinoyat ishlari ochilgandi.

Masalan, 2017 yil noyabrida Xatlon viloyat sudi 21 yashar Firuz Abdulazizovni "ijtimoiy tarmoqlardagi ekstremistik materiallarga "Like" va "Klass" bosgani uchun" 6 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Xatlon viloyat sudi mas’ul xodimining Ozodlik radiosiga aytishicha, Firuz Abdulazizov Moskvada yashagan paytida ijtimoiy tarmoqlarga ekstremistik xarakterga ega material, surat va videolarni joylashtirib kelgan.

U 2017 yil avgustida Moskva shahridan Dushanbega qayttgan payti Tojikiston huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan edi.

2010 yildan shu kungacha Jinoyat kodeksining 8 moddasiga Internet tarmoqlariga oid o‘zgartirishlar kiritilgan.

Jumladan, Tojikiston prezidenti va Millat peshvosini Internet tarmoqlarida tahqirlash yoki unga to‘hmat qilish, davlat tizimini ag‘darishga da’vat etish va terrorchilik amallarga ommaviy chaqiriq bilan chiqish jinoyat hisoblanadi.

Aybdor deb topilganlar 2 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

2017 yilda Tojikiston parlamenti tomonidan “Operativ-qidiruv faoliyati” to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, tergov jarayonida internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan materiallardan dalil sifatida foydalanish mumkin.

Tojikiston rasmiylariga ko‘ra, IShID ekstremist guruhiga qo‘shilgan tojikistonliklarning 90 foizi ijtimoiy tarmoqlardagi targ‘ibotlar ta’siriga tushib, Suriya va Iroqqa ketgan.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, 2017 yilda ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik aqidalarni targ‘ib qilgan, ularga sharh yozgan yoki "Like" qo‘ygan shaxslarga nisbatan o‘nlab jinoyat ishi ochilgan.

Vazirlikka ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardagi sharh va maqolalarga "Like" va "Klass" qo‘ygan shaxsga ekstremistik aqidalar tarafdori sifatida qaraladi.

Tojikiston Bosh prokuraturasining ma’lumotiga binoan, Internetda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash jarayonida oixrgi yillarda mamlakatda 2030 vebsayt, ijtimoiy tarmoqlardagi 9400 shaxsiy sahifalar va 4200 video berkitilgan.

XS
SM
MD
LG