Линклар

Шошилинч хабар
20 октябр 2018, Тошкент вақти: 07:13

Liberal-demokratlar "Qurol to‘g‘risida"gi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi


O‘zbekiston Oliy Majlisi deputati Rasul Kusherbaev Facebook-dagi o‘z sahifasida ma’lum qilishicha, u a’zo bo‘lgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi 6 avgustda "Qurol to‘g‘risidagi" qonun loyihasini muhokama qilgan.

2017 yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi (regulation.gov.uz) portalida "Qurol to‘g‘risida"gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi.

Qonun loyihasi qurolni saqlash va olib yurishni tartibga solishni maqsad qilgan.

"Qonunni ishlab chiqishdan maqsad amaldagi me’yoriy-huquqiy asoslarning to‘liq va mukammal emasligi, yagona mexanizm yo‘qligi va shu sababli vujudga kelayotgan ko‘plab huquqiy anglashilmovchiliklar o‘rnini to‘ldirishdir," deyiladi qonun loyihasida.

Deputat Rasul Kusherbaevning ma’lum qilishicha, mazkur qonun loyihasi "ko‘pchilik ovozi bilan kontseptual jihatdan" qo‘llab-quvvatlangan.

"Loyihaga ko‘ra, qurol aylanishi bilan bog‘liq ishlar qonuniy jihatdan yaxlit tartibga solinishi kutilyapti ekan. Fikrimcha, eng muhimi - 18 yoshga to‘lgan fuqarolar belgilangan tartibda o‘zini himoya qilish uchun fuqarolik qurollariga ega bo‘lishlari mumkinligi qonunning muhim yuklaridan biri, ya’ni gazli va elektrli," deb yozadi Rasul Kusherbaev.

O‘zbekistonga qo‘shni Qirg‘izistonda 2015 yil mart oyida sobiq prezident Almazbek Atambaev fuqarolarga o‘z uyi yoki shaxsiy mulkiga kirib, xavf tug‘dirganlarga qarshi qurol ishlatish iznini beruvchi qonunni imzolagan edi.

Ozodlik "Markaziy Osiyo mamlakatlarida fuqarolarga qurol-yaroq saqlash, undan foydalanish huquqi berilishi kerakmi?" degan mavzuda maxsus dastur tayyorlagan edi.

3 yil muqaddam efirga uzatilgan mazkur eshittirishni quyida tinglashingiz mumkin.

Ўзбекистон фуқароларинини ҳам жиноятчиларга қарши қуроллантириш керакми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:30:12 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG