Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:43

Tojikistonda 10 erkakka OIV yuqtirgan ayol 1 yilga qamaldi


Illyustratsiya
Illyustratsiya

Shahrtus tuman sudi 10 erkakka Orttirilgan immuntaqchilligi virusi (OIV) yuqtirgan jinsiy xizmat ko‘rsatuvchi ayolni bir yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi Hukm o‘tgan haftada e’lon qilindi.

Ismining bosh harflarigina oshkor qilingan ayol o‘zining bir necha mijoziga ataylab kasal yuqtirganlikda ayblangan.

Shahrtus tuman sudi rasmiysi 7 avgust kuni o‘tgan haftada chiqarilgan hukmni sharhlar ekan, A.Z. sudda pushaymon bo‘lgani va bundan buyon fohishalik bilan shug‘ullanmasligini bildirgani, shuning uchun sud ushbu nozik jihatlarni, shuningdek, sudlanuvchi oilasining og‘ir iqtisodiy ahvolini hisobga olib, unga nisbatan hukmni yengillatishga qaror qilganini xabar qildi.

A.Z. Tojikiston JKning “OIV infeksiyasini yuqtirish” deb nomlangan 125-moddasi bo‘yicha aybdor deb tan olingan.

7 avgust kuni Shahrtus tumanining prokurori Umed Karimzoda davlat ayblovchisi ayolni 2 yilga qamashni olishni so‘ragani, lekin sud sudlanuvchi ayolning pushaymonligini hisobga olib, uni 1 yilga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilganini aytdi. «Sud ishni ko‘rib chiqdi, A.Z.ga ayb qilib qo‘yilayotgan modda 2 yildan 5 yilgacha qamoqni nazarda tutadi, lekin sud sudlanuvchining pushaymon bo‘lganini e’tiborga oldi», - dedi Karimzoda.

Hukm chiqarilgan kundan beri hali 10 kun o‘tgani yo‘q, shuning uchun A.Z. ning qarindoshlari va uning advokati hukm ustidan yuqori turuvchi sud instansiyasiga shikoyat qilishlari mumkin.

Mahkuma 30 yoshda, uning ikki farzandi bor. Eri bilan ajrashganidan so‘ng u "tijoriy jinsiy aloqa" bilan shug‘ullana boshlagan va 2014 yildan buyon OIV/OITSga qarshi kurash mahalliy markazida hisobda turadi.

OIV borligi aniqlanganiga qaramay, u intim xizmatlar ko‘rsatishda davom etavergan. Uning ba’zi mijozlari bu ayolning telefoniga qilingan qo‘ng‘iroqlar va xabarlar orqali aniqlandi. Bu ayol mijozlarining orasida asosan uylanmagan yigitlar va bir necha oilali erkaklar bor. Ularning hammasi shahrtusliklardir.

XS
SM
MD
LG