Линклар

Шошилинч хабар
17 август 2018, Тошкент вақти: 04:49

Inson qarishining muhim jihatlarini bekor qilish mumkinligi aniqlandi


Britaniyadagi Ekseter universiteti olimlari qon tomirlari ichini o‘rab turuvchi endotelial hujayralar ustida tajriba o‘tkazdi. Tajriba davomida ular qari, ya’ni faoliyati yomonlashib, bo‘linishdan to‘xtagan hujayralar sonini 50 foizga ozaytirishga muvaffaq bo‘ldilar.

Olimlar, shuningdek, endotelial hujayralar qarishida muhim o‘rin tutadigan ikki proteinni aniqlashdi.

Ushbu tadqiqot asosida kelajakda nafaqat qon tomirlari hujayralari, balki boshqa hujayralar ham davolanishi mumkin.

Ekseter universiteti Tibbiyot maktabi professori Lorna Xarris:

- Insonlar qarir ekan, ularda yosh hujayralardek yaxshi faoliyat ko‘rsatmaydigan qari hujayralar soni ko‘payadi, - dedi.

- Bu qarish effektigina emas – bu qarishimiz sababi.

- Ekseterda ishlab chiqilgan birikmalar hujayralar qarishi mexanizmini o‘zgartirishga qodir.

- Biz saraton, aqli zaiflik hamda diabet kabi qarish bilan bog‘liq kasalliklarning boshqa-boshqa sababi bor, deb o‘ylardik, ammo ular aslida bir-ikkita umumiy mexanizmga borib taqaladi.

- Bu qarishga qarshi dorilarning yangi avlodiga asos bo‘lishi mumkin, - deya so‘zini davom ettirdi professor Xarris.

Professor ushbu tadqiqotning maqsadi odamlarga uzoqroq muddat sog‘lom yashashga ko‘maklashish ekanligini aytdi:

- Bu shunchaki umrni uzaytirish emas, balki salomatlik va hayot sifati bilan bog‘liq.

O‘tgan yilda Ekseter universiteti xodimlari laboratoriyada qari hujayralarni qayta yoshartirishning yangi uslubini ko‘rsatib berishgan edi.

Yangi tadqiqot davomida esa qari hujayralarning mitoxondriyalarini aniq mo‘ljalga olib, ularni qayta yoshartirish ko‘rib chiqilgan.

Xususan, tajriba davomida maxsus kimyoviy birikmalar yordamida inson hujayralari vaqt o‘tishi bilan qanday va nima sababdan o‘zgarishida muhim rol o‘ynaydigan ikki protein (SRSF2 va HNRNPD) mo‘ljalga olingan.

Tarjriba davoimda Eksteter universitetda ishlab chiqilgan uch xil birikma sinab ko‘rilgan va ularning har biri qon tomirlaridagi qari hujayralar sonini 40-50 foizga ozaytirgani kuzatilgan.

XS
SM
MD
LG