Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:20

Moskva viloyat sudi "GTA to‘dasi"ning to‘rt a’zosiga bir umrlik qamoq jazosi berdi


Moskva viloyat sudi Moskva shahri va viloyati hamda Kaluga viloyatlari ko‘chalarida haydovchilarni o‘ldirgan "GTA to‘dasi" nomi bilan tanilgan qurolli guruhning to‘rt a’zosini bir umrlik qamoq jazosiga hukm etdi. To‘daning yana bir a’zosi esa 20 yilga qattiq tartibdagi koloniyaga yuboriladi.

Beshshovlon 2012-2014 yillar oralig‘ida 17ta qotillik, 2 ta qotillikka urinish, qaroqchilik, o‘maruvchilik, qurollarni noqonuniy tayyorlash va saqlash hamda hujjatlarni o‘g‘irlashda aybdor deb topildi.

Tergov xulosasiga ko‘ra, jinoyatchilar "uyushgan to‘daning loyiq a’zosi ekanini isbotlash uchun odamlarni o‘ldirgan.

Sud paytida ayblanuvchilar qotilliklarga sherik bo‘lganliklari, ammo qotillikni sodir etmaganliklarini ta’kidlashgan.

"GTA to‘dasi" ishi yuzasidan O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston vatandoshlari javobgarlikka tortilganini ma’lum qilgan.

"GTA to‘dasi" ishi yuzasidan Hazratxon Dodoxonov, Holiq Subhonov, Anvar Ulug‘murodov, Fazliddin Hasanov, Sherzodjon Qodirov, Mirzomavlon Mirzosharipov, Abdumuqim Mamajonov, Umar Hasanov va Zafarjon G‘ulomovlar javobgarlikka tortilgan.

Ushbu guruhni, tergovchilarga ko‘ra, 2012 yilda qirg‘izistonlik Ubaydullo Subhonov tashkil qilgan.

Subhonov 2014 yilning noyabrida maxsus amaliyot paytida politsiyachilar tomonidan otib o‘ldirilgan edi.

Tergovchilarga ko‘ra, jinoiy guruh a’zolari avtomobil yo‘lga simtikan tortib, balloni teshilib to‘xtagan mashinadagi yo‘lovchilarni avtomatik quroldan otib tashlaganlikda va so‘ngra ularning qimmatbaho buyumlarini olishgan.

Tergov ma’lumotiga ko‘ra, to‘daning kamida 15 nafar a’zosi bo‘lgan.

O‘tgan yil ​Moskva viloyat sudida "GTA to‘dasi" ishi yuzasidan ko‘rilayotgan mahkama jarayonida to‘daning to‘rt a’zosi otib o‘ldirilgan edi.

Rossiya Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, ayblanuvchilar liftda soqchilarga tashlanib, ularning qurolini tortib olmoqchi bo‘lgan.

Rossiyalik tergovchilar "GTA to‘dasi"ning O‘zbekiston Islomiy harakatiga aloqadorligini o‘rganayotgani to‘g‘risida Ozodlik oldin xabar bergandi.

XS
SM
MD
LG