Линклар

Шошилинч хабар
15 декабр 2018, Тошкент вақти: 22:16

Tojikiston ichki ishlar vaziri Islom davlatidan ogohlantiruvchi dramatik asar yozdi


Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzodaning yozuvchilikka ham uquvi bor ko‘rinadi.

Tojikiston ichki ishlar vaziri so‘nggi oylardagi rasmiy uchrashuv va nutqlarida Islom davlati (ID) ekstremistik tashkiloti xavfidan qayta-qayta ogohlantirib kelmoqda. Ayni damga kelib, Ramazon Rahimzoda ID safiga kirish inson hayotini barbod, oilasini esa parokanda qilishi tasvirlangan dramani sahnaga olib chiqmoqchi.

“Ona yuragi” dramasi ID jangarisi bo‘lgan o‘g‘lini Vataniga qaytarish uchun Suriyaga borgan tojik ayoli haqida hikoya qiladi.

Rahimzoda yozgani taxmin qilinayotgan pyesa 5 avgust kuni Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi va madaniyat vaziri ham qatnashgan a’yonlarga namoyish etildi.

Uning premyerasi 13 avgustda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi davlat drama teatrida bo‘lib o‘tadi. Pyesadagi bosh rolni veteran aktrisa Maryam Isoeva ijro etmoqda.

Bugungi kunda ID Tojikistondagi “qaynoq” mavzuga aylandi. Davlat idoralariga ko‘ra, 2014 yildan buyon kamida 1200 kishi ushbu ekstremistik tashkilot safida jang qilish uchun Suriya bilan Iroqqa yo‘l olgan.

ID 29 iyul kuni g‘arblik velosipedchilarga uyushtirilgan hujum uchun mas’uliyatni zimmasiga oldi. Biroq hukumat ushbu qotillik ortida faoliyati taqiqlangan Tojikiston islom uyg‘onish partiyasi (TIUP) turganini iddao qilmoqda. O‘sha hujum chog‘ida 4 nafar muhojir o‘ldirilgan edi.

Rahimzoda ushbu qotillik uchun aybni – hali tergov ham o‘tkazilmay turib – TIUPga to‘nkab qo‘ya qoldi. Ushbu partiya avtoritar rahbar Emomali Rahmon boshqarayotgan hukumatga muxolifat hisoblanadi.

TIUP hukumatning ayblovini “sharmandali va g‘ayrimantiqiy” deya rad qildi.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi Suriya bilan Iroqqa o‘z ixtiyori bilan ketgan, ammo jinoyatlarga qo‘l urmagan Tojikiston vatandoshlarini ortga qaytarish bo‘yicha ishlab chiqilgan davlat dasturining asosiy ijrochisidir.

Prezidentga atalgan she’rlar

Asli kasbi veterinar va huquqshunos bo‘lishiga qaramay, 58 yashar Rahimzodaning yozuvchilikka ham uquvi borga o‘xshaydi.

So‘nggi yillarda u “Nihoniy” taxallusi bilan Tojikiston OAVda ko‘plab she’rlar chop ettirdi.

Vazirning ayrim she’rlari prezident Rahmonga bag‘ishlangan. Qolganlari Rog‘un elektr stansiyasi yoki otlarning inson hayotidagi o‘rni singari turli mavzulardadir.

Uning ochiq xushomaddan iborat “Millat peshvosi maqtovi” deb nomlangan qasidasida prezident “shahanshoh”, “millat xaloskori”, mamlakat “yutuqlari” sababchisi va uning “kelajagi kafili” deb ulug‘lanadi.

Rahmon Markaziy Osiyodagi eng qashshoq mamlakatni 1992 yildan beri boshqarib keladi. Mamlakatda ishsizlik ommaviy tus olgan. Shu sabab uning 1 milliondan oshiq vatandoshi ish izlab, Rossiyaga chiqib ketgan.

Ushbu Rahmonni ulug‘lovchi she’rni mashhur xonanda Surayyo Qosimova ikki qizi va kuyovi bilan qo‘shiq qilib kuyladi.

Rahimzodaning o‘tgan yili politsiyachilar va Ichki ishlar vazirligi boshqa xodimlariga oyiga kamida bir marta teatrga tushib turishga buyruq bergani shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG