Линклар

Шошилинч хабар
10 декабр 2018, Тошкент вақти: 20:17

Alisher Ilhomov: O‘zbek xalqidan o‘g‘irlangan $1 000 000 000 qanday qaytariladi?


Gulnora Karimovaning bir qancha Yevropa mamlakatlarida “muzlatib qo‘yilgan” puli bilan bog‘liq mashmashalar tez orada tugashi kutilmoqda.

E’tiboringizga Bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan Ochiq jamiyat fondining Yevroosiyo loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Alisher Ilhomovning opendemocracy.net saytida e’lon qilingan maqolasi tarjimasini havola qilayapmiz.

***

Bu voqea 2012 yili O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaning ikki yordamchisi − uning topshirig‘i bilan bo‘lsa kerak − Shveysariyaning Jeneva shahridagi Lombard Odier banki hisob raqami orqali pul ko‘chirishga uringanidan boshlangan edi. Shveysariya politsiyasi keyinchalik Shohruh Sobirov bilan Alisher Ergashevni noqonuniy pulni halollashga uringani uchun hibsga oldi.

Ayni hol Karimovaga tegishli mablag‘lar bo‘yicha jinoyat tergovlariga va ularni musodara qilish bo‘yicha jinoyat ishi ochililishga sabab bo‘ldi. Gulnoraning qo‘li uzun oligarx va jamoat arbobi sifatidagi g‘ayrioddiy hayot tarzi 2014 yil fevralida uy qamog‘i bilan barham topdi. U 2015 yili yulg‘ichligi va pulni sovurgani uchun qamoqqa tashlandi. Karimovaning puliga Shveysariya barobarida Shvetsiya, Qo‘shma Shtatlar va Niderlandiya da’vogarlik qilmoqda.

2015 yili AQSh Adliya vazirligi sudga Shveysariya, Irlandiya, Belgiya va Lyuksemburg banklarida Gulnoraning yordamchilari nomiga ochilgan hisob raqamlariga qo‘yilgan 850 million dollarlik pulni musodara qilish to‘g‘risida fuqarolik da’vosi kiritdi. Shu bilan birga vazirlik Gulnora Karimova bilan bog‘liq ishda pora bergani gumon qilinayotgan Vimpelkom xalqaro telekommunikatsiya kompaniyasini 795 million dollarlik jarimaga tortishni ham talab qilib chiqdi. Karimovaga tegishli pul miqdori ancha ko‘pga o‘xshaydi. Shveysariyaning o‘zida 700 million dollar “muzlatib qo‘yildi” va ishni Shveysariya Federal prokuraturasi (ShFP) nazoratiga oldi.

Shveysariya hokimiyat idoralari ushbu mablag‘ni musodara qilmoqchi. 22 mayda ShFP Karimovaning pulini musodara qilish uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida ikkita buyruq chiqardi. Ayni musodara qilish jarayoni nihoyasiga yetsa, Federal tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston hukumati bilan ushbu pulni qaytarish to‘g‘risida muzokara boshlaydi. Aslida Shveysariya hukumati uni qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilib ham bo‘ldi.

Bir qarashda bu to‘g‘ri qarorday ko‘rinadi. Shveysariyaning Sug offshor zonasida ro‘yxatga olingan Zeromax GmbH singari kreditorlar ham bu pulga da’vogarlik qilmoqda. Qo‘shma korxonaning egasi Gulnora Karimova bo‘lgani aytiladi. Zeromax GmbH 2010 bankrot bo‘lishidan oldin O‘zbekiston iqtisodiyotining bir qancha sohalariga jadal ravishda sarmoya kiritgan edi, o‘shanda mamlakat rahbariyati kompaniyani qo‘llab-quvvatlab turgan. Ammo qo‘shma korxonaning bunday xatti-harakatlaridan O‘zbekiston siyosiy va biznes elitasi vakillari norozi bo‘lgan edi. Uning qo‘qqisdan va sirli tarzda bankrot bo‘lishi oqibatida sarmoyadorlar kiritgan pulini ola bilmay qoldi.

Boshqa tarafdan esa, fuqarolik jamiyati faollari Shveysariya o‘sha pulniarzirli shart qo‘ymay turib, qaytarib berishidan cho‘chimoqda. Vaholanki, ular o‘tgan yillar mobaynida o‘g‘irlangan pulni mas’uliyatli tarzda repatriatsiya qilishni talab qilib keldi. “Mas’uliyatli tarzda” repatriatsiya qilish pul qaytarilayotganda O‘zbekistondagi korrupsiya qurbonlari, ya’ni barcha aholini kelgusida korrupsiyadan himoya qilish kerakligini nazarda tutadi.

2012 yilda Shveysariya Qozog‘istonga 48 million dollarni mas’uliyatsizlarcha qaytargan edi, oqibatda repressiv va o‘g‘ri rejimni qo‘llab-quvvatlagani uchun tanqid bo‘roni ostida qolib ketdi. O‘zbek faollari mamlakatinng o‘g‘irlangan mablag‘lari bu tarzda qaytarilishini istamayapti.

Ayni kampaniya oldingilaridan farq qiladi va ular qo‘yayotgan talablarni o‘ziga xos yangilik va kampaniyani O‘zbekistondagi yangicha voqelik deyish mumkin. Bu prezident Mirziyoevning hukumat va uning siyosatini isloh qilish borasida olgan majburiyatiga sodiqligi natijasidir.

Shu tariqa, faollar qaytarilajak pul korrupsiyaga qarshi islohotni rag‘batlantirish uchun ishlatilishini talab qilmoqda, chunki bu boradagi ishlar hamon chala. Ular qaytarilajak puldan shu tarzda foydalanish korrupsiya qurbonlari huquqini himoya qilishga xizmat qiladi. Islohot izchil amalga oshirilsa, aholi haqlari va farovonligini kafolatlaydi hamda hukumatning korrupsiyalashuvini kamaytiradi.

Faollarga ko‘ra, pul qaytarilishidan oldin O‘zbekiston hukumati telekommunikatsiya sohasidagi ulkan miqdordagi poraxo‘rlikka sabab bo‘lgan muammolarni hal etish yo‘lida muayyan qadamlar qo‘yayotganiga oid isbotlar keltirishi shart. Islohot o‘tkazilishi zarur bo‘lgan bunday sohalar 5 ta ekani aytilmoqda: 1) tenderlar jarayoni va kompaniyalarni ro‘yxatdan olishda shaffoflik; 2) davlat xizmatining shaxsiy sadoqatga emas, qonunga bo‘ysunishga asoslangan daxlsizligi; 3) odil sudlov; 4) davlat moliya tizimi shaffofligi va 5) korrupsiyaga qarshi mustaqil idora tashkil etish. Ushbu sanab o‘tilgan islohot o‘tkazilsa, ular telekommunikatsiya sektoridan boshqa korrupsiyalashgan sohalarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ushbu islohot samarali boshqaruv me’yorlarini joriy qilishda muhim qadam bo‘lishi shubhasiz. Bu O‘zbekistonning telekommunikatsiya sohasidagi singari keng miqyosli poraxo‘rilk qayta ildiz otmasligiga hamda qaytarilgan pul qayta o‘g‘irlanmasligiga kafolat bo‘lib xizmat qiladi.

XS
SM
MD
LG