Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:34

Rossiyada pensiya yoshini oshirishga doir referendum bo‘ladimi?


 Rossiya muxolifati faollari 18 iyul kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan namoyishda pensiya yoshini oshirish to‘g‘risidagi taklifga norozilik ramzi sifatida prezident Vladimir Putinning suratini toptamoqda.
Rossiya muxolifati faollari 18 iyul kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan namoyishda pensiya yoshini oshirish to‘g‘risidagi taklifga norozilik ramzi sifatida prezident Vladimir Putinning suratini toptamoqda.

Rossiya hukumati biror masala yuzasidan vatandoshlarining fikrini milliy referendum orqali so‘nggi marta so‘rab bilganidan beri oradan chorak asr vaqt o‘tibdi.

O‘tgan haftada pensiya yoshini oshirishga oid “yonib turgan” masala bo‘yicha taklif etilayotgan referendum hukumatning nihoyat xalq fikriga quloq tutishga majbur bo‘lganini ko‘rsatadi. Markaziy saylov komissiyasi nihoyat o‘rtadagi eng yirik to‘siqni olib tashladi va ovoz berish uchun uchta savoldan iborat hujjatni ma’qulladi.

‒ Bu olamshumul ish bo‘ldi, ‒ dedi Moskva shahar merligiga “Adolatli Rossiya” partiyasidan nomzod va uchta referendum taklifidan bittasi homiysi Ilya Sviridov. ‒ Endi barcha yuridik to‘siqlar olib tashlandi. Endigi vazifa referendum bo‘lib o‘tishi uchun kuchlarni birlashtirishdan iboratdir.

Rossiya hukumatiga qarashli Rosstat agentligiga ko‘ra, 2016 yilda erkaklarning o‘rtacha yoshi 66, ayollarnika esa 77 bo‘lgan. Ammo bu raqamlar mintaqaga qarab farq qiladi. Masalan, erkaklarning o‘rtacha yoshi Chukotkada 60 bo‘lsa, ayollarniki Ingushetiyada 84 ga tengdir.

Joriy yil yozi boshida hokimiyatdagi “Yagona Rossiya” partiyasi bilan bosh vazir Dmitriy Medvedev hukumati Davlat Dumasiga pensiya yoshini oshirish to‘g‘irsidagi qonun loyihasini kiritdi. Unga ko‘ra, 2028 yilga borib, erkaklar 65 yoshdan, 2014 yilga borib esa, ayollar 63 yoshdan pensiyaga chiqadigan bo‘ladi.

Taklif tarafdorlari uni zarur deb hisoblaydi. Chunki Ukrainaning Qrim yarim orolini bosib olishi oqibatida Rossiyaga qarshi xalqaro sanksiyalarning joriy qilingani, energiya resurslari eksportiga surunkali qaramlik iqtisodiyotni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Bunga shu yil yozida futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilingani, Putining qayta saylanish kampaniyasi davrida davlat xizmatchilari maoshini ko‘tarilgani singari omma ko‘nglini olish yo‘lidagi xarajatlar ham kiradi.

So‘rovlardan ma’lum bo‘lishicha, aholining taxminan 90 foizi pensiya yoshi oshirilishiga qarshi. Davlat Dumasi ayni masala yuzasidan iyul oyida birinchi o‘qishda qabul qilgan taklif butun mamlakat bo‘ylab odamlarning qahru g‘azabini qo‘zg‘atdi.

Namoyishchilarning talablaridan biri ayni masala yuzasidan referendum o‘tkazish edi. Ammo shuni ham qayd etish lozimki, Markaziy saylov komissiyasining referendumga rozilik berishi masala saylovchi foydasiga hal bo‘lishini anglatmaydi. Putinning boshqaruv vertikali faqat arqonni uzun tashlab qo‘yayapti, xolos. Garchi Rossiya Konstitutsiyasida referendum o‘tkazish huquqi belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, hukumat ushbu huquqdan foydalanishni cheklash uchun ma’muriy g‘ovlar qo‘yib tashlagan.

Moskvalik siyosiy sharhlovchi Yekaterina Shulman ushbu “o‘ta nozik masala” bo‘yicha referendum o‘tkazilishiga ishonmaydi. Uning fikricha, referendumlar haqidagi qonunda ularni federal darajada o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik belgilab qo‘yilgan.

1993 yili o‘sha vaqtdagi prezident Boris Yeltsin ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf qilishga qaratilgan referendum o‘tkazgan edi. 1992 yili esa Tatariston Respublikasi mintaqaviy referendum o‘tkazdi. Unda ishtirokchilarning 62 foizi “Tatariston suveren – egamen davlatligi... Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarini... tenglik asosida o‘rnatishi” uchun ovoz bergan edi.

Ayrim ekspertlarning hisob-kitobiga ko‘ra, pensiya yoshini oshirish masalasi jamoatchilik e’tiboriga havola qilingandan beri o‘tgan ikki oy mobaynida Rossiyaning 281 shahar va qo‘rg‘onida unga qarshi 450 ta namoyish bo‘lib o‘tdi. Qizig‘i shundaki, namoyish o‘tkazilgan aksariyat joylarda ilgari hech qachon siyosatga qarshi norozilik kuzatilmagan edi.

XS
SM
MD
LG