Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:16

Keyingi 5 yil davomida global miqyosda ob-havo juda issiq bo‘ladi


Nature Communications jurnalida 14 avgust kuni chop etilgan maqolada yozilishicha, inson faoliyati tufayli iqlim o‘zgarishi hamda Yer sathi haroratining tabiiy ko‘tarilishi natijasida keyingi besh yil o‘ta issiq bo‘ladi.

Iqlim o‘zgarishi hamda tabiiy o‘zgarishlar birlashib, okeanlar sathida “o‘ta issiq hodisalar” sodir bo‘lishi ehtimolini oshiradi. Bu esa, o‘z navbatida, to‘fon va dovullar keltirib chiqaradi.

Maqola mualliflaridan biri Florian Sevellek ushbu issiq faza uzoq muddatli iqlim o‘zgarishini jadallashtirayotganini aytdi.

Yer sathining o‘rtacha harorati har doim o‘zgarib turgan.

So‘nggi million yil davomida taxminan har 100 ming yilda muz davri bilan issiqlik davri o‘rin almashib turgan.

Oxirgi 11 ming yil ichida esa bu o‘zgarishlar sekinlab, insoniyat taraqqiyoti uchun qulay zamin yaratgan.

Ammo inson faoliyati tomonidan atmosferaga milliardlab tonna issiqlik gazlari chiqarilgani tabiiy o‘zgarishlar bilan birlashib, og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Olimlar uzoq yillardan beri global iliqlashuvning qay qismi atmosfera ifloslanishi natijasida ¸ qay qismi esa¸ tabiiy tsikllar oqibatida ro‘y berayotganini aniqlash ustida bosh qotirib keladi.

Sevellek hamkasblari bilan bu muammoga boshqacha yondashgan. Ular avvaliga tabiiy o‘zgarishlarga e’tibor qaratishgan. So‘ngra uzoq muddatli iqlim modellari o‘rniga qisqa muddatli iqlim o‘zgarishlarini bashorat qiluvchi modeldan foydalanishgan.

- 2018-2022 yillarda insonlar tufayli sobir bo‘ladigan isishga teng anomaliyani aniqladik, - dedi Sevellek.

Boshqacha qilib aytganda, keyingi besh yil davomida inson tufayli iqlim o‘zgarishi bilan tabiiy isish teng ta’sirga ega bo‘ladi.

2016 yilda imzolangan iqlim bo‘yicha Parij bitimi unga qo‘shilgan barcha davlatlar zimmasiga atmosferaga zaharli gazlarni kamroq chiqarish mas’uliyatini yuklaydi.

Bitim kelajakda global o‘rtacha haroratni 2 darajadan oshirmaslikka, iloji bo‘lsa uni 1,5 daraja isishigagina yo‘l qo‘yishga chorlaydi. Ammo hozirgi tendensiyalar davom etsa, asr oxirigacha global harorat 4-5 darajaga ko‘tarilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG