Линклар

Шошилинч хабар
21 январ 2021, Тошкент вақти: 23:43

Smartfonlar batareyasi umrini uzaytiradigan ilova ishlab chiqildi


Vaterloo universiteti xodimlari smartfon batareyasi umrini kuniga deyarli bir soatga uzaytirish yo‘lini topishdi.

Ular moslama faoliyatiga ta’sir qilmasdan, uning energiya iste’molini ozaytira oladigan ilova ishlab chiqishdi.

Tadqiqot mualliflaridan biri professor Kshirasagar Naik:

- Yangi Android operatsion tizimi bilan chiqarilgan ko‘p derazalarni ochish funktsiyasi foydalanuvchilarga xuddi laptopdagidek bir vaqtning o‘zida bir necha deraza va faylni ochish imkonini beradi. Ammo bu energiya keraksiz sarf bo‘lishiga olib keladi, - dedi.

- Biz foydalanuvchilar o‘z moslamalariga o‘rnatib, o‘ta muhim bo‘lmagan ilovalar ravshanligini ozaytirish uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan ilovani ishlab chiqdik.

- Bir ilovadan foydalanayotganingizda, boshqa derazalar ravshanligi ozayadi, natijada moslamaning energiya xarajati kamayadi.

Yangi ilova 200 moslamada sinab ko‘rilgan. Ilova yordamida batareya umrini 10-25 foizga uzaytirish mumkinligi aniqlangan.

- Hozirgi kunda kechasi telefonni zaryad moslamasiga ulaysiz. Uydan chiqqaninigizda batareyangiz 100 % quvvatga ega bo‘ladi. Ammo sahna ortida ko‘plab hisoblash va kommunikatsiya jarayonlari sodir bo‘lib turadi. Bu esa batareya quvvatini sarflaydi, - dedi Naik.

- Tushlikka kelib quvvat 30 foizga tushib qoladi. Shu sabab batareyani kun davomida bir necha marta zaryad qilishingiz kerak bo‘ladi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, bu katta muammo.

- Oshiqcha energiya xarajati tufayli telefon qiziydi, batareyani tez-tez zaryadga ulash esa uning umrini qisqartiradi. Shu sabab uch yilga mo‘ljallangan batareyani ikki yilda almashtirishga to‘g‘ri kelishi mumkin, - deya so‘zini yakunladi professor.

Tadqiqot natijalari bilan IEEE Access jurnalida chop etilgan maqolada to‘liq tanishinigiz mumkin.

XS
SM
MD
LG