Линклар

Шошилинч хабар
18 январ 2021, Тошкент вақти: 06:44

Chegarada 3 kun ushlab turilgan migrantlar tushgan 10 ta avtobus Qozog‘istonga chiqarib yuborildi (VIDEO)


Illyustratsiya

Rossiyaning Omsk viloyatida 500 kishi "Olxovka" chegara nazorat postida 3 kun ushlab turilgan 10ta avtobus Qozog‘istonga o‘tib oldi va yo‘lini davom ettirmoqda.

Avtobuslarda tojikistonlik va o‘zbekistonlik mehnat migrantlari vataniga qaytayotgan edi.

Omsk viloyat bojxona qo‘mitasi vakiliga ko‘ra, 17 avgustdan beri avtobuslar bojxona xodimlari emas, balki chegarachilar tomonidan ushlab turilgan.

Novosibirsk, Tomsk, Krasnoyarskdan kelayotgan va Omsk viloyatining “Olxovka” chegara punktida shu yilning 17 avgustidan beri to‘xtatib turilgan avtobuslar yo‘lovchilari 20 avgust kuni Rossiya chegarasidan o‘tib, Qozog‘iston ichkarisiga kirib ketdi.

Bu xabarni Ozodlikka tasdiqlagan Omsk viloyat Bojxona qo‘mitasi rasmiy vakilasi Yekaterina Jdanova mehnat muhojirlari 20 avgust kuni Qozog‘istonga chiqarib yuborilgani va ularni FSBning Chegara xizmati shuncha kun to‘xtatib turganini aytdi.

- Biz bir necha kundan beri ommaviy axborot vositalariga etkaza olmayapmizki, “Olxovka”da bojxona nazorati yo‘q. 8 yildan buyon ikki davlat o‘rtasida faqat chegara nazorat punkti qolgan, ammo bojxona yo‘q. Men olgan ma’lumotga ko‘ra, bugun chegarada ushlab turilgan avtobus yo‘lovchilarning barchasini o‘tkazib yuborishibdi, dedi Yekaterina Jdanova.

Darhaqiqat, 2011 yildan buyon Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi “Olxovka” punktida joriy etilgan Bojxona Ittifoqi qoidalariga muvofiq bojxona nazorati olib tashlangan va u yerda faqat Federal xavfsizlik xizmatiga qarashli Cheraga xizmati posti mavjud.

10ta avtobusda o‘z yurtlariga qaytayotgan 500 yaqin asosan o‘zbek va tojik mehnat muhojirlarining Rossiya chegarasidan Qozog‘istonga chiqarib yuborilganini bu hodisani birinchi bo‘lib yoritgan Total.kz axborot agentligi ham tasdiqladi.

- Bugun ertalab hammani hech qanday gap-so‘zsiz o‘tkazib yuborishdi. Jurnalistlar bo‘lmaganda bilmadim yana qancha turgan bo‘lardik. Bizga yordam bergan hammaga minnatdorchiligimizni bildiramiz, deya avtobus haydovchilaridan birining so‘zlarini keltirdi Qozog‘iston nashri.

Chegara xizmati xodimlari muhojirlar nima sababdan ushlab turilganini tushintirishmasdan, har kuni bittadan avtobusni chegaradan o‘tkazishga va’da bergani xabar qilingan edi.

Yo‘lovchilardan biri suratga olgan va Youtubega joylashtirilgan videorolikda bojxona posti xodimlari ushlab turish avtorizatsiya bilan bog‘liq ekanligini, avtobuslar tekshirilib, har kuni bittadan o‘tkazilishini aytishgan.

Eslatib o‘tamiz, Novosibirsk, Tomsk, Krasnoyarskdan kelayotgan avtobuslarning yo‘lovchilari, ular orasida yosh bolali ayollar ham bor, Qurbon Hayitigacha uylariga yetib borishni reja qilib yo‘lga chiqqan.

3 kun chegarada qolgan yo‘lovchilarning suv va oziq-ovqatlari tugagan, chunki yaqin atrofda do‘konlar yo‘q ekan.

"Savollarimizga javob berishmayapti, faqat kutinglar deyishmoqda … Suv yo‘q, ovqat yo‘q. Bugun (18 avgust – tahr.) tushga qadar hech kimga avtobusdan chiqishga ruxsat berishmadi, mening avtobusimda yo‘lovchilarning 17 nafari bolalardir, ularning orasida emizikli bolalar ham bor", deb xabar bergan edi jurnalistlarga avtobuslardan birining haydovchisi Ablayxan Maqsut.

XS
SM
MD
LG