Линклар

Шошилинч хабар
21 январ 2021, Тошкент вақти: 00:39

Daromadini yashirgan amaldor vazifasidan bo‘shatiladi


Tojikiston parlamenti

Tojikiston hukumati 3 sentabrda kiritgan yangi taklifga binoan, mol-mulki va daromadlarini yashiringan davlat amaldorlari o‘z vazifalaridan bo‘shatiladi.

Ushbu taklifga ko‘ra, hozirdan e’tiboran amaldor nafaqat soliq qo‘mitasi, balki o‘z boshlig‘iga ham mol-mulki borasida ma’lumot berishi lozim.

Tojikiston hukumatining “Korrupsiyaga qarshi kurash” qonuniga o‘zgartirish kiritish taklifi 3 sentabrning o‘zida mamlakat parlamentining quyi palatasi kengashida muhokamaga qo‘yildi.

Tojikiston parlamentining matbuot kotibi Muhammadato Sultonovning Ozodlikka xabar berishicha, “Korrupsiyaga qarshi kurash” qonunining 8 moddasiga kiritilgan o‘zgartirish davlat amaldorlari faoliyati va mol-mulkining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan.

“Ushbu o‘zgartirishga muvofiq, davlat mansabida bo‘lgan shaxs har yili o‘z boshlig‘iga mol-mulk va daromadlari haqida ma’lumot berishi shart. Bunday talab davlat xizmatiga kirish niyatida bo‘lgan shaxslarga ham qo‘llanadi,” dedi Muhammadato Sultonov.

Amaldor mol-mulki, bankdagi mablag‘i, qimmatli qog‘azlari, 25 ming somoniy yoki 2500 dollardan ortiq bo‘lgan qarzlari va oila a’zolari nomida bo‘lgan mol-mulki borasida ma’lumotnoma yoki deklaratsiya berishi lozim.

Noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotni ko‘rsatgan davlat amaldori o‘z vazifasidan bo‘shatiladi.

G‘arb va demokratik davlatlarda rasmiylar mol-mulki va daromadlari rasman e’lon qilinar ekan, Tojikistonda bunday ma’lumot hozirga qadar maxfiy qolmoqda.

Ammo mustaqil tahlilchilar fikriga ko‘ra, odamlar dabdabali va to‘rt qavatli saroylar, qimmatbaho mashinalar qaysi vazir, rais yoki boshqa mansabdorga taalluqli ekanini yaxshi biladi.

Boshqa tomondan, ismini oshkor etmaslik sharti bilan Ozodlik bilan suhbatlashgan Dushanbe shahar hukumatidagi bir xodimning aytishicha, "har yili amaldorlar soliq qo‘mitasiga mol-mulk va daromadlari borasida ma’lumot beradi, ammo hozirga qadar xech kim mazkur ma’lumot haqiqiyligi yoki to‘liqligini tekshirmagan".

Tojikiston hukumatining “Korrupsiyaga qarshi kurash” qonuniga davlat amaldorlarning o‘z mol-mulk va daromadlari borasida ma’lumot berishlari to‘g‘risidagi o‘zgartirish kiritish taklifi xalqaro FATF (Financial Action Task Force) tashkilotining tavsiyalari va korrupsiyaga qarshi kurash qonuni asosida tayyorlanib, muhokama va qabul etish uchun parlamentga yuborilgan.

XS
SM
MD
LG