Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2021, Тошкент вақти: 13:47

Toshkentlik lo‘lilar o‘zbek kinochilaridan norozi


"Shabbona" filmidan kadr

Toshkentning Sag‘bon mahallasiga yondosh lo‘lilar mahallasida istiqomat qiladigan 61 yashar Saodatbibi Ozodlik bilan suhbatda o‘zbek kinochilari surtaga olgan “Marjona” va “Shabbona” kabi filmlarda lo‘lilar haqida “noo‘rin va haqoratli” sahnalar borligidan shikoyat qildi.

O‘z qavmdoshlari nomidan gapirgan Saodatbibi taniqli qiziqchi¸ O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov intermediyalaridan ham "lo‘lilar kamsitilganiga" e’tibor qaratdi.

Suhbatdosh tilga olgan bu ikkala filьm 2004 va 2006 yillarda kinochi Said Muxtorov tarafidan suratga olingan bo‘lib¸ shu kunlarda o‘zbek telekanallrida qayta ko‘rsatilgani toshkentlik lo‘lilarga yoqmagan.

Ammo, “Marjona” filmining ssenariy muallifi Rixsivoy Muhammadjonovning Ozodlik muxbiriga bildirishicha¸ kinoasarda kimnidir kamsitadigan tasvirlar umuman yo‘q:

- Asarda taniqli o‘zbek jarroxining o‘zi davolagan yarador lo‘li Ruslanning singlisi Marjonani sevib qolgani aks etgan. Bu ikki qavm o‘rtasidagi sevgi qissasi. Bu asardagi lo‘lilar oilasi ijobiy qilib tasvirlangan. Xuddi Farhod-Shirin kabi, - deydi taniqli kinochi.

Toshkenlik lo‘lilar e’tirozini Ozodlikka yetkazgan Saodatbibining aytishicha¸ “Shabbona” filmida “lo‘lilarda mavjud bo‘lmagan urf-odatlar” tasvirlangan:

- Biz ham musulmonmiz¸ bizning odatlarimiz boshqa toshkentlikardan farq qilmaydi. Biz osmondan uchar likobchada uchib kelgan kelgindi emasmiz. Kinoda (“Shabbona” filmi nazarda tutilgan) lo‘lilar o‘z o‘ligini uyiga ko‘mgani tasvirlangan. Shuni ko‘rib "bu yolg‘on kinoni olganlarga ming la’nat," dedim. Uyimizga kirib ko‘ring¸ bittta ham qabr topa olmaysiz. Biz ham o‘ligimizni qabristonga ko‘mamiz. Yana bir yolg‘on gap - ota o‘z qizini kuyovning uyiga yelkasida ortib boradi. Bu ham bo‘lmagan gap. Ota to‘y kuni qizning uyiga bormaydi deydi¸ - ko‘ngli og‘riganini yashira olmayotgan Sadoatbibi.

Toshkentda lo‘lilar yashaydigan mahalla
Toshkentda lo‘lilar yashaydigan mahalla

Ammo, “Shabbona” filmini suratga olishda qatnashgan rassomning Ozodlikka aytishicha, “kino ijodkorlari Achavotdagi lo‘lilar urf - odatlarni aniq aks ettirish kabi etnografik maqsadni o‘z oldiga qo‘ymagan

- Bular e’tiroz bildirayotgan sahna¸ ya’ni uy ichida go‘r qazish¸ qari lo‘li kampirning tushida sodir bo‘ladi. Qolaversa, mayyitni uyga dafn qilish musulmon xalqlarda kuzatiladigan xodisa. Otaning o‘z qizini yelkasiga ortmoqlab kuyovning uyiga olib borishi Buxorodagi lo‘lilarda bor¸ - deydi suhbatdosh.

Unga ko‘ra¸ filmda lo‘lilar salbiy qaxramon qilib ko‘rsatilmagan:

- Kinoda lo‘li ham o‘zbek ham ijobiy qilib tasvirlangan. Ikki yosh sevgisiga halaqit qilgan urf-odatlargina qoralangan. Istagan toshkentlikdan so‘rasangiz lo‘lilar haqida faqat salbiy fikr aytadi. Bizning kinoda esa toshkentlik yigit lo‘li qizga oshiq bo‘ladi. Aslida bu filmda lo‘lilar ulug‘langan¸ - deydi kino ijodkorlaridan biri.

“O‘zbekfilm” kinostudiyasining sobiq direktori¸ taniqli kinochi Hilol Nasimovga ko‘ra¸ “Lo‘lilar hayotining rang-barang koloriti doimo kinochilarni maftun qilib kelgan.

- Kinoga zarur bo‘lgan rang¸ ritm¸ ohang va takrorlanmas tipajlar aynan lo‘lilarda bor. Shu bois kinochi Said Muxtorov lo‘lilar mavzusida ketma-ket kino olgan. Muxtorov olgan kinolarda lo‘lilarni kamsitadigan biror kadr ko‘rmadim. Balki urf -odatlarni aniq aks ettira olmagandir. Bu boradagi tanqidga o‘ilaman. Lekin kinoda biror bir elatni kamsitilgan joyi yo‘q. Badiiy kengash bu narsaga jiddiy e’tibor qaratadi, - deydi tanikli kinochi Hilol Nasimov .

Toshkentlik etnograf olim Norsaid Nizomovning Ozodlikka aytishicha¸ mahalliy lo‘lilar e’tiroziga sabab bo‘lgan “Shabbona” filmida lo‘lilar urf odati "asosan to‘g‘ri ko‘rsatilgan":

- Lo‘lilar doimo o‘zi yashaydigan elat yashash tarziga uyg‘un yashaydi. Shu bois Buxorodagi lo‘lilar bilan Achavotdagi lo‘lilarning urf-odatlarida tafovut bor. Filmda Buxoro va Toshkent lo‘lilarining umumlashma obrazi yaratilgan, - deydi suhbatdosh.

Unga ko‘ra¸ lo‘lilar asosan Toshkentning eski shahari¸ Sputnik¸ Sergeli¸ Qo‘yliq va Vodnik mavzelarida muqim yashaydi.

- 1979 yilgi perepis paytida Toshkent shahrida 6 ming lo‘li yashashi qayd qilingan. Hozir ularning aniq hisobi yo‘q. Toshkent lo‘lilari asosan o‘zbek tilida gapiradi va shariat qoidalariga asosan hayot kechiradi, - deydi etnograf olim.

XS
SM
MD
LG