Линклар

Шошилинч хабар
21 январ 2021, Тошкент вақти: 14:34

Buxoroda yaqinlari xorijda bo‘lganlar ro‘yxatga olinmoqda


Buxoro shahri markazidagi bir necha mahallada Ichki ishlar va DXX xodimlaridan iborat guruh yaqinlari chet elda yurganlar va bo‘lganlarning uyiga borib ma’lumot to‘plamoqda.

Buxoro markazidagi mahalla faolining 5 sentabr kuni Ozodlikka bildirishicha, “asosan yaqinlari Turkiya¸ Suriya va Afg‘onistonda bo‘lganlar savol-so‘roq qilinmoqda”.

Buxoro viloyat IIB rasmiysi Ozodlik bilan suhbatda bu tekshiruvlar mustaqillik bayrami kunlari bo‘ladigan profilaktika ekanligini aytdi.

O‘zini "militsiya mayori Hamza To‘yev", deb tanishtirgan zobit bunday dedi:

“Noxush holatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan odatiy profilaktik reydlar o‘tkazilmoqda".

IIB xodimining ta’kidicha¸ “reyd paytida odamlarning haq-huquqlari ta’minlanmoqda hamda organ xodimlari ularga yaxshi muomalada bo‘lgan”.

Buxoro shahridagi Olim Xo‘jaev nomli mahallada farrosh bo‘lib ishlaydigan 27 yashar Zuhriddin Rashidov Ozodlik bilan suhbatda “tekshiruvchilarning dag‘al muomalasidan” shikoyat qildi:

- Militsiya¸ mahalla oqsoqoli va DXX (Davlat Milliy Xavfsizlik Xizmati) xodimiman deb aytgan to‘rt kishi uyma-uy yurib, odamlarning “Uy daftari”, pasport seriyasi ma’lumotlarni majburlab talab qilib, rangli kseronuxsa chiqarish kerak¸ deb o‘z telefonlariga rasmga olishdi.

Rashidovning yana aytishicha, tekshiruvchilar asosan yaqinlari xorijda bo‘lganlarning eshigini taqillatishgan:

- Uyimga kelib sening yaqin qarindoshing chet elda ekan¸ uning telefon raqamini bizga ber deyishdi. Ularni Ukraina, Turkiya, Suriya, Sudan, Livan va Avfg‘onistonda qarindoshi bo‘lganlar qiziqtirar ekan. Bilishimcha, hamma ma’lumotlar ularda bor. Shuni aytsam, dag‘al qilib¸ "savolim yoqmasa vataningni sotib, yo‘qolib ket" deb baqirdi.

Бухорода яқинлари хорижда бўлганлар рўйхатга олинмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:12 0:00

Buxoro markazidagi yana bir mahallada yashovchi o‘zini Asad Salomov deb tanishtirgan 43 yashar hunarmand yigit esa, tekshiruvlar chog‘ida yaqinda chet eldan kelganlar diqqaat markazida bo‘lganini aytdi:

-Ular eshikni qoqayotganda "vahobiy usta, yaqinda Turkiyadan keldi" deb o‘zaro gaplashishdi. Men yog‘och o‘ymakoriman. Turkiyaga borib keldim¸ o‘sha yerdagi magazinlarga kitob qo‘ygich naqshin taxtalarni eltgan edim. Shunga meni tekshirib rasmga olib ketishdi.

Buxoro shahar IIB xodimi Hamza To‘yev xorijda bo‘lib qaytgan vatandoshlar mavjud qoidalar asosida profilaktik nazorat ostida ekanligini tasdiqladi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ “xorijga uzoq muddatga chiqqanlar va qaytganlar haqida ma’lumot to‘plash qonun doirasida” olib borilmoqda.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ bunday tekshiruvlar viloyatning boshqa tumanlari va boshqa viloyatlarda ham avgust oxiri va sentabr boshida o‘tkazilgan.

Ozodlik suhbatlashgan buxorolik farrosh yigit Zuhriddin Rashidovning aytishicha¸ “bu tekshiruvlar odamlar orasida vahimaning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda”:

- Xuddi urush davriga o‘xshaydi. Kinolarda nemis gestapo politsaylar bilan kirib tekshirgandek. Sal e’tiroz bildirsang¸ telefon nomer bermasang “Sen tizimga qarshimisan” deya dag‘dag‘a qilishmoqda.

So‘nggi 15 kun davomida, O‘zbekistonning qator shaharlarida aholi pasport tekshiruvidan o‘tkazilayotgani, ijaraga berilayotgan xonadonlar ro‘yxatga olinayotgani, xorijdan qaytgan vatandoshlar va diniy qarashlari uchun ro‘yxatga olinganlar so‘roqqa chaqirilayotgani, ayrimlari mahalla qo‘mitasidagi suhbat chog‘idayoq hibsga olinayotgani to‘g‘risidagi holatlarni Ozodlik yoritdi.

XS
SM
MD
LG