Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2021, Тошкент вақти: 17:24

Kollejlardan litseylarga o‘tmoqchi bo‘lgan talabalar huquqlari buzilmoqda


Kasb-hunar kollejlaridan akademik litseylarga o‘tish uchun 2018 yil avgustida ota-onalar tomonidan Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligiga jami 99 ariza berilgan bo‘lsada, vazirlik faqat 29 talabaga akademik litseylarga o‘tishga ruxsat bergan xolos.

O‘zbekistonlik Mirzo Subxonovdan kelgan maqola shu ma’lumotlar bilan boshlanadi. Ozodlik Subxonovning xatida keltirilgan ma’lumotlarni qo‘shimcha tekshirgani yo‘q, lekin ularga ishonmaslikka ham asoslari mavjud emas. Mavzu davom etishi, tegishli idoralar o‘z izohini berishi mumkin, degan fikr bilan Mirzo Subxonovning xatini e’tiboringizga havola qilishga qaror qildik.

Xatning davomini o‘qing:

Kollejdan litseyga o‘tish oddiy holga o‘xshasada, bu narsa eng yuqori turuvchi organ Oliy ta’lim vazirligi tasarrufida ekanligi bizni hayratga solmoqda. Vazirlikning ushbu harakatlaridan ota-onalar ham o‘zlarining noroziligini bildirishmoqda.

Kollejdan litseyga o‘tishga ruxsat berilmagan ota-onalardan birining ma’lum kilishicha: «Oliy ta’lim vazirligidagi mas’ullar tomonidan o‘kishni kollejdan litseyga ko‘chirish rad etilganligi yuzasidan asosli javob berilmagan».

Ushbu holat yuzasidan bizning qo‘limizga yetib kelgan Oliy ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari O.Abdurahmonov imzosi ostidagi hujjatni batafsil o‘rganishga harakat qilaylik:

Oliy ta’lim vazirligi ushbu xatda kollej talabalarini litseyga ko‘chirish Vazirlar mahkamasining 367-sonli karoriga asoslangan deb iddao kilishgan.

Ammo, 367-qaror kollejdan litseyga emas, balki kollejdan kollejga o‘tish tartibini belgilashini alohida aytib o‘tish kerak. Bu narsa kollejlardagi turli yunalishlarda o‘tiladigan fanlarning yakuniy kasb-hunar diplomiga tug‘ri kelishi bilan bog‘liq. Shunga qaramasdan Vazirlar mahkamasi qarori Oliy ta’lim vazirligi tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingan va bu qaror qo‘shimcha byurokratik tusiqqa aylantirilgan.

Bundan tashqari ushbu xatda litseyga o‘tishga ruxsat berilmagan talabalarga rad etish sababi aytib o‘tilmagan.

Arizalarini ko‘rib chiqishda vazirlik noobyektivligiga ham asos bulishi mumkin bo‘lgan holatlar ham mavjud.

Xususan, aksariyat talabalarga rad berilgan bo‘lsada, Buxoro iqtisodiyot va bank kolleji ikkinchi kurs talabasiga Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi ikkinchi kursiga o‘tishga ruxsat berilgan.

Vazirlikning qaysi talablarga asoslanib u yoki bu talabaga litseyga o‘tish yoki o‘tmasligi bo‘yicha qaror qabul qilganligi noma’lum. Vazirlik darajasida qabul qilingan va Oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari tomonidan imzolangan xatda ko‘pgina texnik xatolar mavjudligi xam bizni taajjubga soldi.

Prezident Shavkat Mirziyoev kollejlar faoliyatini keskin tanqid qilgan edi va 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab oldingi, o‘n bir yillik majburiy ta’lim tizimiga o‘tildi va kollejlar faoliyatini qayta tashkillashtirish belgilangan.

O‘zbekiston demokratik davlat bo‘lib, talabalarning kollej, akademik litsey yoki maktablarda o‘kishlari ularning uz xohishi yoki voyaga etmagan bulsa, ota-onalarning xohish-irodasi bilan amalga oshirilishi shart.

Yuqorida keltirilgan misol esa, fuqarolarning konstitutsiyaviy xuquqlarining cheklanayotganligiga misol bo‘la oladi. Biz bu holatga Oliy ta’lim vazirligi va boshqa huquqni muhofaza kiluvchi organlarning e’tibor qaratishini xohlaymiz. Fuqarolarning tanlash va ta’lim olish huquqi cheklanishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.

Mirzo Subxanov

XS
SM
MD
LG