Линклар

Шошилинч хабар
17 январ 2021, Тошкент вақти: 11:54

Avtosanoat “prokurorlashtirildi”. Ijobiy o‘zgarishlar sezilayotgani yo‘q


O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni muvofiqlashtiruvchi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisligiga Bosh prokuraturada ishlagan Shavkat Umurzoqov joriy yil 26 iyulida tayinlangani ortidan ayni soha “prokuror kadrlar bilan to‘ldirila boshlandi”.

Bu haqda Ozodlikka gapirgan “O‘zavtosanoat” va GM Uzbekistandagi mulozimlar iddaosiga ko‘ra¸ ayni paytda ¸ “mashinasozlikdan bexabar sobiq prokurorlar sohani falaj qilmoqda”.

GM Uzbekistan shirkatining ismi sir qolishini istagan mulozimining Ozodlikka aytishicha¸ mashinasozlikni boshqarish uchun prokuraturada orttirilgan bilimlar yetarli emas:

- Mashinasozlik menejmenti bu kuchishlatar tizim boshqaruvidan tubdan farq qiladi. Men bu kelgan odamlarning shaxsiga emas, ish uslubiga qarshiman. Ular sohani umuman bilmaydi. Britaniyada o‘qib kelgan va mashinasozlik sohasida o‘n yildan ortiq ishlagan mutaxassislar o‘rniga 29 avgust kuni Sheramat Obidov va Bahodirjon Rahmonovlar tayinlandi. Balki ular prokuratura sohasi bilimdonidir, lekin mashinasozlik sohasini umuman bilmasligi keyingi ikki hafta ichida ma’lum bo‘ldi va ish sifaiga salbiy ta’sir qildi.

Suhbatdosh aytgan bu ikki mulozim sentabr oyida GM Uzbekistanning marketing hamda rejalash bo‘limlariga direktor qilib tayinlangan.

“O‘zavtosanoat” AK da ishlaydigan boshqa bir mulozim Ozodlik taxririyatiga oldin O‘zbekiston bosh prokuraturasida ishlab mashinasozlik sohasidagi rahbar lavozimlarga tayinlanganlar ro‘yxatini yubordi. Ro‘yxatda o‘ndan ortiq ism-familiya borki, mulozimning iddao qilishicha, ularning barchasi prokuraturaning sobiq xodimlaridir.

- Bilsangiz kerak, hozirgi rahbarimiz (“O‘zavtosanoat” rahbari) Shavkat Umrzoqov joriy yil iyuliga qadar Bosh prokuraturada ishlagan. Undan oldin Toshkent viloyat prokuraturasining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limini boshqargan. U kishi ishga kelishi bilan GM Uzbekistanning marketing bo‘limiga va rejalash bo‘limiga direktor qilib sobiq prokurorlarni tayinladi. Pitnak va Samarqanddagi korxonalarga ham sobiq prokurorlar ishga jo‘natildi,- dedi mulozim.

Unga ko‘ra¸ bu kadr o‘zgarishlaridan keyin avtomobil sanoatidagi vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmagan:

- Bu tayinlashdan keyin sohadagi vaziyat yaxshilangani yo‘q. Yiliga 290 mingta mashina ishlab chiqarishga ixtisoslashgan GM Uzbekistan shirkati bugun - 12 sentabrdagi ma’lumotga ko‘ra, yarim quvvatda ishlamoqda. Olti oy ichida bor yo‘g‘i 75 ming avtomobil yig‘ildi. Agar yil boshida oyiga 13 mingtadan mashina ishlab chiqarilgan bo‘lsa avgustga kelib, bu ko‘rsatkich 10 mingga tushdi.

Ozodlik bu iddaolar yuzasidan “O‘zavtosanoat” rahbariyatti bilan bog‘landi. O‘zini "Boshqaruv raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurovning yordamchisi", deb tanishtirgan mulozim “keyingi oyda avtomobil ishlab chiqarish sur’ati pasayganligini tasdiqladi va muammo yechimi ustida yangi rahbariyat ish olib borayotganini ham aytdi.

Mulozimga ko‘ra, “Avtosanoat tizimidagi cho‘kish eski boshqaruv tizimidagi xatoliklar oqibatidir”:

- Bu holatga barham berish uchun yangi rahbariyat mashina tannarxini 30 foiz arzonlashtirish ustida ishlamoqda.

Suhbatdosh Ozodlik muxbirining “nega ayni soha bo‘yicha AQSh va Britaniyada malaka oshirgan mutaxasislar ishdan bo‘shatilib, o‘rniga sobiq prokurorlar tayinlanmoqda?" degan savolini javobsiz qoldirdi.

Bu savolga GM Uzbekistan shirkatining ismi sir qolishini istagan mulozimi javob berdi:

- Hamkasbim, GM Uzbekistan shirkatida o‘n yildan ko‘p ishlagan Alisher Komilov bo‘shatilib o‘rniga prokuraturadan kelgan odam tayinlangan paytda bizga buni tushuntirishdi. Sohani biladiganlar emas¸ sadoqatli kadrlar kerak deyishdi. Misol qilib “O‘zavtosanoat” yangi rahbari Shavkat Umrzoqovning “Sodiq xizmatlari uchun” degan medalini olganini aytishdi. GM Uzbekistan kadrlariga ishonchi yo‘q deyishdi¸ sodiqlar faqat prokuraturada ishlar ekan.

2 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan bojona va soliq tizimi ustidan prokuror nazorati kuchaytirildi.

XS
SM
MD
LG